O`qituvchi haqida

FAYZIYEVA SHIRIN SHODMONOVNA

FAYZIYEVA SHIRIN SHODMONOVNA

( Fan nomzodi, PhD - Dotsent )

Fayziyeva Shirin Shodmonovna 1966 yil tug‘ilgan, millati o‘zbek. 1989 yilda Toshkent Qishloq xo‘jaligi institutini “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida iqtisodchi va tashkilotchi” mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan. Fayziyeva Sh.SH. 2001 yil 14 noyabrda dekabrida O‘zbekiston Bozor islohotlari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi D.020.80.01 raqamli Ixtisoslashgan kengashda “Chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida iqtisodiy samaradorlikni oshirish yo‘llari” (Qashqadaryo viloyati misolida)” mavzusida 08.00.04 – “Mikroiqtisodiyot Agrosanoat majmui” ixtisosligi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Hozirgi kunda “Qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalash sharoitida chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirish va samaradorligini oshirishning nazariy-metodologik masalalari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy- tadqiqot ishi olib bormoqda. Umumiy ish staji-39 yil, ilmiy va pedagogik ish staji-31 yil. Sh.SH.Fayziyeva “Mutaxassislikka kirish”, “Mintaqaviy iqtisodiyot”, “Sanoat iqtisodiyoti”, “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar”, “Mintaqaviy strategik rivojlanish” va “Korxonalar iqtisodiyoti va menejment” fanlaridan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni ilmiy-uslubiy jihatdan talabga javob beradigan yuqori saviyada o‘tadi. U o‘z kasbini puxta egallagan yuksak mahoratli pedagog. Dars jarayonida zamonaviy o‘qitish usullaridan, zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda multimediya ta’lim resurslaridan keng foydalanib kelmoqda. SH.SH.Fayziyeva tomonidan olib borayotgan dars jarayonlari tahlil qilinganda darsda zamonaviy o‘qitish usullaridan, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda multimediya resurslaridan foydalanib kelmoqda. Shuningdek, o‘tiladigan dars jarayonlari tahlil qilinganda barcha darslarda “Aqliy hujum”, “Insert”, “Diagramma-venna” “Klaster”, “Blits-so‘rov” usullaridan samarali foydalanib kelmoqda. Sh.SH.Fayziyeva dars jarayonida har bir mavzu bo‘yicha slayd, tarqatma materillardan foydalangan holda ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni olib bormoqda. SH.Fayziyeva tomonidan tayyorlangan va chop etilgan amaliy mashg‘ulotlar, kurs ishlari, malakaviy amaliyotni bajarish uchun hamda mustaqil ishlarni bajarishga oid o‘quv-uslubiy ishlari talabalarga chuqur bilim berishda va samarali mashg‘ulotlar olib borishda keng qo‘llanib, ular o‘quv jarayonini uslubiyat jihatdan ta’minlashda o‘z hissasini qo‘shmoqda. 2003 yilda professor R.X.Ergashev va dotsent SH.SH.Fayziyevalar tomonidan zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o‘quv jarayoniga tadbiq etish, shuningdek ta’lim sifatini oshirish maqsadida xorij tajribasidan kelib chiqib, “Ta’lim jarayoniga kredit tizimini qo‘llash bo‘yicha eksperimentni tashkil etish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risida” va “O‘qitishning kredit texnologiyalari asosida o‘qitiladigan talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risida”gi 2 ta Nizomlar ishlab chiqildi va 2003-2004 o‘quv yilida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Menejment” va “Iqtisodiyot” ta’lim yo‘nalishlariga joriy etildi. Ushbu Nizomlar asosida ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va informatsion texnologiyalarni keng jalb etgan holda o‘quv mashg‘ulotlari interfaol usullardan foydalanib tashkil qilindi va fanlarning o‘quv-uslubiy majmualari (O‘UM) yaratildi. Natijada talabalarning individual imkoniyatlari, aqliy salohiyati, fanga bo‘lgan qiziqishlari hamda mutaxassis shaxs sifatida shakllanish va rivojlanish jarayonlarining samaradorligi ta’minlandi. Shuningdek, ta’lim jarayoniga kredit tizimini qo‘llash bo‘yicha 3 ta eksperiment guruhlar tashkil etildi va guruhdagi talabalar dastur asosida o‘quv jarayonlarini muvaffaqiyatli tamomlab, hozirgi kunda ishlab chiqarish va iqtisodiyotning turli sohalarida samarali mehnat qilishmoqda. SH.SH.Fayziyeva ilmiy rahbarligida bir qancha ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlangan va tayyorlanmoqda. Bugungi kunda uning ilmiy rahbarligida bakalavriat va magistrantlar bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilib kelishmoqda. Uning ilmiy rahbarligida Toshtemirov Eldor To‘xtamurodovich “Navoiy” nomidagi davlat stipendiyasi sohibi bo‘ldi. Sharipov Mashhur esa Respublika fan olimpiadasida faxrli 2-o‘rinni egalladi. SH.SH.Fayziyeva tomonidan o‘z pedagogik faoliyati davomida 164 ta ilmiy-uslubiy ishlar muallifi, shundan 34 ta o‘quv-uslubiy ishlar, 14 ta xalqaro jurnallarda, 32 ta respublika miqyosidagi jurnallarda va 78 ta respublika va xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda ilmiy maqolalari, yakka mualliflikda 1 ta darslik, hammualliflikda 1 ta darslik, 4 ta monografiya chop etilgan. Shirin Fayziyeva tomonidan yaratilgan o‘quv-uslubiy va ilmiy ishlar kurs ishlarini, bitiruv malakaviy ishlarini hamda magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlashda asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi innovatsion hamkorlik ishlarining samaradorligini oshirishda, iqtidorli talabalarga ilmiy rahbarlik qilish va institut miqyosida “O‘zbekiston iqtisodiyoti” fanidan talabalar respublika fan olimpiadasini o‘tkazilishida alohida jonbozlik ko‘rsatdi. Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga har yili 2 mln. so‘mlik xo‘jalik shartnomalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarib kelmoqda. Institut jamoasi va rahbariyat uni yuksak, ma’naviy dunyoqarashga ega bo‘lgan, qat’iyatli, talabchan mutaxassis puxta bilimga ega, kamtar inson sifatida hurmat qiladi. Yuqoridagi barcha mehnat faoliyati e’tiborga olinib, 2017 yil 10 oktabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlandi. SH.SH.Fayziyevaning 31 yillik ilmiy-pedagogik ish stajini, shuningdek ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlaridagi samarali faoliyatini, tashkilotchi va o‘z kasbining yetuk mutaxassisi ekanligini hisobga olib, uning nomzodini “O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” II-Respublika tanlovida ishtirok etib, respublika xotin-qizlar qo‘mitasining diplom bilan taqdirlandi. Institut ma’muriyati hamda kasaba uyushma qo‘mitasi Fayziyeva Shirin Shodmonovnani kelajakda mamlakatimiz taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shadigan kadr bo‘lishiga ishonch bildirgan holda 2019 yil 30 dekabrda “Yil ayoli” respublika milliy tanlovining “Innovatsion g‘oyalarni faol ilgari surgan olima” nominatsiyasi bo‘yicha tanlovda ishtirok etdi va g‘olib bo‘ldi. 2018 yilda professor R.X.Ergashev, dotsentlar Sh.SH.Fayziyeva va S.N.Xamrayevalar tomonidan “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” nomli darslik nashr etildi. 2018 yilda “Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish istiqbollari”, 2019 yillarda esa “Innovatsionnoye razvitiye infrastrukturi selskogo xozyaystva: problemi i puti yego dostijeniya” va “Sovershenstvovaniye gosudarstvennoy podderjki malogo biznesa i chastnogo predprinimatelstva v Uzbekistane”, 2022 yilda “Phenomenon of market economy: Business concepts of innovations in theoretical and practical solutions” nomli monografiyalari hammualliflikda chop etilgan. 2022 yilda “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashda agroklasterlar faoliyatini takomillashtirish” nomli monografiyasi yakka mualliflikda chop etildi. O‘zbekiston Respublikasi OO‘MTV qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi Kengash tomonidan “Innovatsion iqtisodiyot” kafedrasi dotsentlari, i.f.n.SH.SH.Fayziyeva, dots.A.H.Berdiyev, dots.A.B.Qurbonov va dots. A.D.Ravshanovlar tomonidan “Soha iqtisodiyoti va menejmenti” fanidan noiqtisodiy ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan darsligi, yakka mualliflikda “Mutaxassislikka kirish” darsligi tavsiya etildi va chop etildi. 2022 yil yakuniga ko‘ra institutda o‘tkazilgan “Eng faol pedagog” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasini o‘rganish bo‘yicha joylarda muntazam mazmunli ma’ruzalari bilan qatnashib kelmoqda.

Raqamlarda

Kuzatuvchilar soni

Fanlar soni

Maqolalar soni

O`quv qo`llanmalar soni

Fanlar

Maqolalar

Nomi
THE ROLE OF LIVESTOCK REFORM IN THE DEVELOPMENT OF THE COUNTRY'S ECONOMY. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary …
ЧОРВАЧИЛИК КЛАСТЕРЛАРИДА ИҚТИСОДИЙ МЕХАНИЗМЛАРНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ
МАМЛАКАТ ИҚТИСОДИЙ ЎСИШИНИ ТАЪМИНЛАШДА РАҚАМЛИ ИҚТИСОДИЁТНИНГ ЎРНИ
Қашқадарё вилояти саноат корхоналари фаолиятини тренд моделлар асосида таҳлил oилиш
Рақамли иқтисодиётнинг агрокластерлар иқтисодий самарадорлигини оширишдаги роли
Impact of Agrocluster Activities on Economic Development
The Role of the State in Improving the Efficiency of the Enterprise
PHENOMENON OF MARKET ECONOMY: BUSINESS CONCEPTS OF INNOVATIONS IN THEORETICAL AND PRACTICAL SOLUTIONS
АГРОКЛАСТЕРЛАР ВА МАҲСУЛОТ ЕТИШТИРУВЧИЛАР ЎРТАСИДАГИ ҲАМКОРЛИКНИНГ ИҚТИСОДИЁТДА ТУТГАН ЎРНИ
РОЛЬ ГОСУДАРСТВЕННОЙ ПОДДЕРЖКИ В ПОВЫШЕНИИ ЭКОНОМИЧЕСКОЙ ЭФФЕКТИВНОСТИ ПРЕДПРИЯТИЙ
РАҚАМЛИ ИҚТИСОДИЁТНИНГ МАМЛАКАТ РИВОЖЛАНИШИДАГИ АҲАМИЯТИ
ЎЗБEКИСТОННИНГ РИВОЖЛАНИШИДА РАҚАМЛИ ИҚТИСОДИЁТ ИСТИҚБОЛЛАРИ
ИҚТИСОДИЁТНИНГ ГЛОБАЛЛАШУВИ ВА ЗАМОНАВИЙЛАШУВИДА РАҚАМЛИ ИҚТИСОДИЁТНИНГ ЎРНИ
ГЛОБАЛ РИВОЖЛАНИШДА ТАДБИРКОРЛИКНИ СУҒУРТАЛАШНИНГ АҲАМИЯТИ
Sertifikat
THE MAIN DIRECTIONS OF ECONOMIC GLOBALIZATION
Sertifikat
ВЛИЯНИЕ РАЗВИТИЯ ЖИВОТНОВОДСТВА НА ЭФФЕКТИВНОСТЬ АГРОКЛАСТЕРА
ЗНАЧЕНИЕ СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННОГО СТРАХОВАНИЯ И ЗАРУБЕЖНЫЙ ОПЫТ
Sertifikat
Yoshlar tarbiyasi doimiy e'tiborda
“Mintaqa iqtisodiyoti” fanidan amaliy mashg‘ulotlar va mustaqil ishlarni bajarish bo‘yicha mobil ilova
“Mintaqaviy rivojlanish strategiyasi” fanidan ma’ruza mashg‘ulotni bаjаrish bо‘yichа elektron dastur
QISHLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARINI QAYTA ISHLASHDA AGROKLASTERLAR FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH