O`qituvchi haqida

JUMAYEVA GULRUX JO‘RAQULOVNA
( Fan nomzodi, PhD - Dotsent )
Jumayeva Gulrux Jо‘raqulovna 1968 yil 10 aprel kuni Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi Shakarjuy qishlog‘ida ziyoli oilasida dunyoga kelgan. Oliy ma’lumotli. 1990 yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini imtiyozli diplom bilan tugatgan. 1990 yilda Kasbi tumanidagi T.Malik xо‘jaligida revizor-buxgalter lavozimida, 1993 yilda xо‘jalikda moddiy-qiymatliklar bо‘yicha hisobchi, 1994 yildan-1996 yilgacha 3-shirkat xо‘jaligida bosh hisobchi lavozimlarida, 1996 yildan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Iqtisodiyot nazariyasi va buxgalteriya hisobi” kafedrasiga stajyor-о‘qituvchi, 1997 yilda kafedra assistenti, 2000 yilda kafedraning katta о‘qituvchisi, 2002-2016 yillarda kafedra dotsenti, 2016 yildan 2020 yil 2 iyulgacha “Ishlab chiqarishda buxglteriya hisobi” kafedrasi mudiri lavozimida, 2020 yil 2 iyuldan shu kunga qadar “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda. G.J.Jumayeva 2000 yilda О‘BIIT institutida “Yangi yerlarni о‘zlashtirish, ulardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi (Qashqadaryo viloyati misolida)” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasi ishini muvaffaqiyatli himoya qilib, iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini va 2006 yilda “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasining dotsenti unvonini olgan. Jumayeva Gulrux Jo‘raqulovnaning 130 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlari, shuningdek, 4 ta o‘quv qo‘llanma, shundan bittasi yakka mualliflikda, 1 ta darslik, 1 ta monografiya, 10 ta ma’ruzalar matni, 20 dan ortiq uslubiy qo‘llanma va uslubiy ko‘rsatmalari chop etilgan bo‘lsa, 1 ta grant (loyiha)da ishtirok etgan. G.J.Jumayeva о‘zining yuksak ma’naviy dunyoqarashi, bilim saviyasining yuqoriligi, pedagogik qobiliyatining ustunligi bilan institut jamoasi о‘rtasida obrо‘-e’tiborga ega. Xususan, Jumayeva Gulrux Jо‘raqulovna 2016-2017 о‘quv yilida "Oliy ta’lim muassasasining “Eng yaxshi pedagogi” tanlovining “Mutaxassisligi bо‘yicha eng yaxshi pedagog” nominatsiyasi bо‘yicha respublika bosqichida qatnashdi. G.J.Jumayeva pedagogik faoliyatini ilmiy-tadqiqot ishlari bilan bog‘lagan holda olib bormoqda. Ilmiy maqolalari nafaqat respublika miqyosidagi markaziy jurnallarda, balki, Rossiya, Kanada, Avstriya, Angliya, Hindiston, Chexiya, Ispaniya, AQSH kabi davlatlarning impakt faktori yuqori bо‘lgan ilmiy jurnallarida ham chop etilgan. Shuningdek, G.J.Jumayeva 2ta xalqaro yuqori impakt faktorli jurnalning (“Middle European Scientific Bulletin” (https://cejsr.academicjournal.io/index.php/index); “American Journal of Economics and Business Management (AJEBM)” https://globalresearchnetwork.us) jurnallari tahririyati a’zosi ham hisoblanadi. G.J.Jumayeva, 2019 yilda Yevropa ittifoqi Erasmus+ "International Credit Mobility" nomli loyixasi doirasida Vengriya davlatining Shent Isvan universitetida tashkil etilgan seminar-treningda faol ishtirok etgan va sertifikatni qо‘lga kiritgan. 2015-2019 yillarda Qarshi shahar Kengashining deputati bo‘lgan. G.Jumayeva oilali, 3 nafar farzandning mehribon onajonisi, 4 nafar bir-biridan shirin bо‘lgan nabiralarning buvijonisidir.
Raqamlarda
Kuzatuvchilar soni
Fanlar soni
Maqolalar soni
O`quv qo`llanmalar soni
Fanlar
Nomi | Turi |
---|---|
Iqtisodiy tahlil va audit fanidan ma'ruza mashg'ulotlari va mustaqil ishlash uchun elektron modul dasturi | Qo'shimcha ma'lumotlar |
Iqtisodiy tahlil va audit | Fan bo`yicha o`quv qo`llanma |
Iqtisodiy tahlil va audit | Qo'shimcha ma'lumotlar |
Nomi | Turi |
---|---|
Sug'urta nazariyasi va amaliyoti | Fan bo`yicha o`quv qo`llanma |
Nomi | Turi |
---|---|
Amaliy audit fanidan kurs ishini bajarish uslubiy ko'rsatmasining elektron model dasturi | Fan bo`yicha uslubiy ko`rsatma |