O`qituvchi haqida

IRNAZAROV SHUXRAT ISMATULLAYEVICH

IRNAZAROV SHUXRAT ISMATULLAYEVICH

( Fan nomzodi, PhD - Unvonsiz )

1. Irnazarov Shuhrat Ismatullaevich, 1974 yil 31 oktabrda tug‘ilgan, millati o‘zbek. 2. 1996 yil, Qarshi Davlat Universitetining Biologiya fakultetini tamomlagan, Biologiya o‘qituvchisi va mutaxassisi kvalifikatsiyasi berilgan. 3. 2002 yildan buyon Qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi. Dissertatsiyani Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti qoshidagi K 120.34.01 raqamli Ixtisoslashgan Kengashda “Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida ekish muddatlari va me’yorlarining asosiy va takroriy ekinlar o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’siri” mavzusida 06.01.08 – O‘simlikshunoslik ixtisosligi bo‘yicha himoya qilgan. 2002 yil 7 noyabrda № 91/1 – sonli bayonnoma bo‘yicha qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi ilmiy darajasi berilgan. 4. Umumiy ish staji 15 yil. Ilmiy pedagogik ish staji 12 yil. - 1996-1998 yy. – Qarshi davlat universiteti kunduzgi bo‘lim aspiranti - 1998-1999 yy. – Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti kunduzgi bo‘lim aspiranti - 1999-2000 yy. – Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti ilmiy bo‘lim muhandisi - 2000-2001 yy. – Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Agronomiya” kafedrasi 0.5 stavka assistenti - 2001-2004 yy. - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Agronomiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi - 2004-2010 yy. - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va daslabki qayta ishlash texnologiyasi” kafedrasi 0.5 stavka dotsenti - 2010-2011 yy. - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Yer tuzish va yer kadastri” kafedrasi 0.5 stavka dotsenti - 2015-2018 yy. - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti katta ilmiy xodim izlanuvchi - 2021 y. - h.v. - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi kafedrasi dotsenti 5. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektori va xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi tomonidan talabgor Sh.I.Irnazarovga uning yuksak ma’naviy dunyoqarashi, bilim saviyasining yuqoriligi, pedagogik qobiliyatining hamda rahbarlik layoqatining ustunligi bilan institut jamoasi o‘rtasida obro‘-e’tiborga ega ekanligi uchun ijobiy tavsiyanoma berilgan bo‘lib, dotsent ilmiy unvoniga loyiq deb topilgan Sh.I.Irnazarov tomonidan jami 62 ta ilmiy ish e’lon qilingan, shulardan 52 ta ilmiy maqola, 1 ta monografiya, 1 ta tavsiyanoma, 8 ta uslubiy qo‘llanmalar. Asosiy ishlari: Dissertatsiya himoyasidan keyin jami 36 ta ilmiy-uslubiy ishlar chop qilgan. Shundan 17 ilmiy maqola: 11 ta OAK e’tirof etgan ilmiy jurnallarda, 6 ta xorijiy jurnalda; xalqaro va respublika ilmiy-amaliy anjumanlarda 10 ta maqola chop etilgan. Uslubiy ishlar jami 9 ta. KASBIY FAOLIYATI MA’LUMOTLARI Sh.I.Irnazarov ma’ruza mashg‘ulotlarini metodik jihatdan yuqori saviyada o‘tadi, auditoriyadagi talabalar diqqatini o‘tiladigan materiallarga jalb qila oladi. Dars mashg‘ulotlarida zamonaviy axborot texnologiyalari va pedagogik texnologiyaning interaktiv metodlaridan, tarqatmali materiallar, ishchi va nazorat varaqalaridan unumli foydalanadi. Ma’ruza materiali mazmunini hayotiy misollar, internet yangiliklari bilan boyitib, sodda va ravon tilda tushuntirish qobiliyatiga va pedagogik mahoratiga ega. Amaliy o‘quv mashg‘ulotlarini pedagogik texnologiyalar asosida olib boradi. Ilmiy ma’ruzalar bilan institutda va Respublika hamda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda qatnashadi, oxirgi uch yilda jami 30 dan ortiq respublika va xalqaro anjumanlarida o‘z ma’ruzalari bilan qatnashgan. Sh.I.Irnazarov ilmiy pedagoglik faoliyatining natijalari haqidagi hisoboti va reyting ko‘rsatkichlariga ko‘ra faoliyati ijobiy baholangan.

Raqamlarda

Kuzatuvchilar soni

Fanlar soni

Maqolalar soni

O`quv qo`llanmalar soni

Fanlar

Maqolalar

Nomi
Influence of the aftereffect of mineral fertilizers applied at different rates and ratios on the fields of winter wheat on the structure of the millet crop.
Effect of rates and proportions of mineral fertilizers on the quality of winter wheat grain.
Последействие минеральных удобрений, внесенных под озимую пшеницу а разных дозах и пропорциях, на урожайность маша.
Влияние минеральных удобрений в разных нормах и пропорциях на экономическую эффективность озимой пшеницы.
Минерал ўғитларни турли меъёр ва нисбатларини кузги буғдой ўсимликларининг фотосинтетик фаолиятига таъсири
Кузги буғдой етиштиришда қўлланилган минерал ўғитларнинг тупроқдаги қолдиқларининг анғизида етиштирилган такрорий экилган мош ҳосилдорлигига кейинги таъсири
Минерал ўғитлар меъёрларининг кузги буғдой ва анғизда етиштирилган такрорий экинлар ҳосилдорлигига таъсири.
Минерал ўғитларни турли меъёр ва нисбатларда қўллашнинг кузги буғдой ҳосилдорлигига таъсири
Effect of irrigation procedures on yield and oil concentration of peanut
Влияние минеральных удобрений, внесенных в разных нормах и соотношениях под озимую пшеницу, на структуру урожая повторной культуры проса
Кузги буғдойга турли меъёр ва нисбатларда қўлланилган маъданли ўғитларнинг такрорий экилган тариқ ҳосил структурасига таъсири
Кузги буғдой фотосинтетик фаолиятининг минерал ўғитлар меъёр ва нисбатларига боғлиқлиги.