O`qituvchi haqida

ATAKULOVA DILFUZA TURSUNOVNA
( Fan nomzodi, PhD - Unvonsiz )
Dilfuza Atakulova 1965-yil 6-noyabrda Qarshi shahrida dunyoga kelgan. Oliy ma’lumotli. 1988-yilda Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat instituti Texnologiya fakultetini tugatgan. 1999-yildan dastlab katta laborant, laboratoriya mudiri, assistant, dotsent lavozimida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida faoliyat yuritib kelmoqda. 2021-yil Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Noan’anaviy xom ashyo – tok bargidan foydalanib konservalangan ikkinchi taomlar ishlab chiqarish texnologiyasini tadqiq qilish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Atakulova Dilfuza Tursunovna 2022-yil 14- yanvardan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining “Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi” kafedrasi dotsenti. Olimaning tadqiqot ishlarida tok barglarining mineral tarkibi aniqlandi, mass-spektrometrik (ICP-MS) tahlil natijalari bo‘yicha tahlil qilingan eritmalardagi elementlaming konsentratsiyasi hisoblab chiqilgan, suvda eriydigan vitaminlar: tiamin (BI), riboflavin (B2), piridoksin (B6) va siankobalamin (BI2) yuqori samarali suyuq xromatografiya orqali aniqlangan. Konserva mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun texnik tavsiflar va texnologik ko‘rsatmalar ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. "Do’lma pervenes" va "Piyoz bilan qovurilgan tok barglari" konservalari ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini hisoblash muddati quvvati 150 t dolmani tashkil etuvchi sex uchun 784954,2 ming so‘mni tashkil etdi. Ishlab chiqilgan retsept va takomillashtirilgan texnologiya О‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining “2021-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bо‘yicha istiqbolli ishlanmalar ruyhati”ga kiritilgan («О‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi»ning 2021-yilning 11-iyundagi №11-96/06-21 – son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari 15 ta, shu jumladan, 7 ta xalqaro va 8 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida muhokamadan о‘tkazilgan. Olima bu sohada 2 ta darslik, 7 ta ma’ruzalar matni, 15 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, ko‘rsatmalar, 40 ga yaqin xalqaro anjuman ma’ruzalari, muallifidir. Ilmiy maqolalari Yaponiya Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, va boshqa ko‘plab xorijiy mamlakatlarning ilmiy jurnallarida chop etilgan. Atakulova Dilfuza Tursunovna 2022-yildan Нindistondagi fanlararo kо‘rib chiqiladigan retsenziyalangan (JournalNX) jurnalning tahririyat kengashi a’zosi hisoblanadi.
Raqamlarda
Kuzatuvchilar soni
Fanlar soni
Maqolalar soni
O`quv qo`llanmalar soni
Fanlar
Nomi | Turi |
---|---|
Gigiyena va sanitariya darslik | Qo'shimcha ma'lumotlar |
Gigiyena va sanitariya fanidan ma'ruza matnlari to'plami | Qo'shimcha ma'lumotlar |
Gigiyena va sanitariya laboratoriya mashg'ulotlari uchun uslubiy qo'llanma | Fan bo`yicha uslubiy qo`llanma |
Nomi | Turi |
---|---|
Ilmiy tadqiqot asoslari fanidan ma'ruza matnlari | Qo'shimcha ma'lumotlar |
Nomi | Turi |
---|---|
Ovqatlanish fiziologiyasi darslik | Qo'shimcha ma'lumotlar |
Oziq-ovqat sifatini baholash fanidan ma'ruza matnlari to'plami | Qo'shimcha ma'lumotlar |
Oziq-ovqat sifatini baholash fanidan amaliy mashg'ulotlarni bajarish uchun uslubiy qo'llanma | Fan bo`yicha uslubiy qo`llanma |
Nomi | Turi |
---|