O`qituvchi haqida

RAXIMOV OKTYABR DUSTKABILOVICH
( Fan nomzodi, PhD - Professor )
1959 yil Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida tug‘ilgan.Texnika fanlari nomzodi, dotsent, xizmat ko‘rsatgan dotsent faxriy ilmiy unvonlariga ega. Oliy ta’lim a’lochisi, O‘zbekiston Respublikasi Turon Fanlar Akademiyasi akademigi. 138 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar, jumladan O‘zbekiston Respublikasi fanlar Akademiyasi “Fan” nashriyoti orqali 3 ta monografiya, “Fan va texnologiya” nashriyoti orqali kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma, oliy ta’lim talabalari uchun 10 dan ortiq o‘quv qo‘llanma, elektron o‘quv qo‘llanma, ma’ruza matnlari to‘plamlari va 9 ta ixtiro muallifi. “Mehnatni muhofaza qilish” va “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan tayyorlagan ma’ruza matnlari to‘plamlari oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan yilning eng yaxshi ma’ruza matnlari ruyxatiga kiritilgan va Respublikamizdagi barcha turdosh oliy ta’lim muassasalari uchun muqobil o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan. Kasb –hunar kollejlari uchun hammualliflikda tayyorlangan “Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi” o‘quv qo‘llanmasi 2011-2013 yillarda “Fan va texnologiya” hamda “Davr” nashriyotlari orqali 4 marta, jami 23000 nusxada hamda “Fan va texnologiya” nashriyoti orqali “Zamonaviy ta’lim texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanmalari chop etilgan. 2012-2014 yillarda “Innovatsion pedagogik texnologiyalar” (2011y.), “Zamonaviy ma’ruzalar” (2012y.), “Oliy ta’limda masofaviy o‘qitishni tashkil etish” (2012y.), “Innovatsion pedagogik texnologiyalar: loyihalar uslubi - ta’lim sifatini oshiruvchi texnologiya sifatida” (2013y.), “Innovatsion pedagogik texnologiyalar: talaba portfoliosi- bilimni nazorat qilish va baholashning qo‘shimcha texnologiyasi sifatida” (2013y.), Zamonaviy ta’lim texnologiyalari” (2013y.), “Axborotlashgan jamiyat ta’lim tizimida zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar” (2014y.), “Ta’lim sifati-hayot sifati” (2016y) kabi o‘quv-uslubiy qo‘lanmalari kichik adadda nashr etilgan. 2016 yili “Fan va texnologiyalar” nashriyoti orqali “Ta’lim sifati va innovatsion texnologiyalar” nomli monografiyasi nashr etilgan. “Yilning eng yaxshi darslik va o‘quv qo‘lllanma muallifi-2013” Respublika tanlovida “Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi” o‘quv qo‘llanmasi uchun rag‘batlantiruvchi o‘ringa sazovor bo‘lgan. Ilmiy va pedagogik faoliyatidagi muvafaqqiyatlari uchun bir necha marta OO‘MTVning maqtov yorliqlari, xizmat ko‘rsatgan dotsent faxriy unvoni va Oliy ta’lim a’lochisi ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. 2013 yilda O‘zbekiston Respublikasi Turon Fanlar Akademiyasi haqiqiy a’zosi, akademik ilmiy unvoniga ega bo‘lgan. Badiiy janrda “Sen sabab” nomli she’rlar to‘plami chop etilgan. Hozirgi kunda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot inversiteti "Ekologiya va mehnat muhofazasi " kafedrasi proffessori
Raqamlarda
Kuzatuvchilar soni
Fanlar soni
Maqolalar soni
O`quv qo`llanmalar soni