O`qituvchi haqida

AMIROV NURBEK ISLAMOVICH
( Darajasiz - Unvonsiz )
Amirov Nurbek Islomovich 1965 yilda Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida tug`ilgan. 1987–1992 yillardaToshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti Qarshi filialini “Qishloq xo`jaligi” ixtisosligi bo`yicha tahsil olgan. Ma`lumoti bo`yicha mutaxassisligi “Injener – o`qituvchi”. 1992 – 2000 yillarda Qashqadaryo viloyatidagi “Eskianhorkanalqurilishi” trestiga qarashli Qarshi maxsus mexanizatsiyalashgan ko`chma kolonnasida injener –texnik xodim, ishlab chiqarishni rejalashtirish bo`limi boshlig`i, kasaba uyushmasi kengashining raisi lavozimlarida ishlagan. 2000-2004 yillarda Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti “Qishloq xo`jalik va meliorativ mashinalari” kafedrasida laboratoriya mudiri, assistent lavozimlarida faoliyat ko`rsatgan. 2004–yildan buyon Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti “Kasb ta`limi” fakulteti, “Kasb ta`limi va pedagogika” kafedrasi assistenti, katta o`qituvchisi, ayni paytda “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o`qituvchisi vazifasida ishlab kelmoqda. 13.00.02-“Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi boʻyicha pedagogika fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Texnika oliy taʼlim muassasasi talabalarining kommunikativ kompentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” (pedagogika fani misolida) mavzusida mustaqil tadqiqotchilik asosida ilmiy ish olib bormoqda. 40 ga yaqin ilmiy pedagogik va uslubiy ishlar muallifi.
Raqamlarda
Kuzatuvchilar soni
Fanlar soni
Maqolalar soni
O`quv qo`llanmalar soni
Fanlar
Nomi | Turi |
---|---|
Kasbiy psixologiyadan o`quv-uslubiy qo`llanma | Fan bo`yicha uslubiy qo`llanma |