O`qituvchi haqida

AZIMOVA MUXAYYO EGAMBERDIYEVNA
( Fan nomzodi, PhD - Dotsent )
Azimova Muhayyo Egamberdiyevna 1980 yil 1 yanvarda Kasbi tumanida ziyoli oilasida dunyoga kelgan. Ma’lumoti Oliy. 2002 yilda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining “Texnologiya” fakulteti “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasida “Agronomiya” yo‘nalishida bakalavriat bosqichini, 2004 yilda Kasb–hunar fanlarini o‘qitish metodikasi (Agronomiya) magistratura bosqichini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. U 2004-2013 yillargacha Qarshi qishloq xo‘jalik kasb-hunar kollejida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. 2013 yilda Qarshi muhandislik-iqtisodiyoti instituti “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasida assistent lavozida ishga qabul qilindi. 2014-2016 yillar Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti tayanch doktoranti bo‘lgan va “Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi yumshoq bug‘doy yetishtirish agrotexnikasini takomillashtirish” mavzusi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borgan. Dissertasiyasini 2018 yilda Paxta seleksiyasi, urug’chiligi, va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.06.2017.Qx.42.01 raqamli ilmiy Kengashda “Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi bug’doy yetishtirish agrotexnikasini takomillashtirish” mavzusida 06.01.08. -“O‘simlikshunoslik” ixtisosligi bo‘yicha himoya qilgan. M.E.Azimova pedagogik faoliyati bilan birgalikda Fan va texnika qo‘mitasining ustivor dasturi asosida bajarilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarida ishtirok etib kelgan, jumladan Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti Qashqadaryo filialida 2017 yilda QXA-9-090 “O‘zbekistonning janubiy mintaqasida yangi kuzgi bug’doy navlarini yetishtirish texnologiyasini takomillashtirish orqali sug’oriladigan yerlarda bug’doy yetishtirish samaradorligini oshirish” amaliy loyihasida loyiha ijrochisi bo‘lib ishlagan, bunda Qashqadaryo viloyati tuproq-iqlim sharoitida sug’oriladigan yerlarda bug’doyning yangi navlarini ekish muddatlari, me’yorlari hamda ekish usullari ochiq maydon va g’o‘za qator oralarida uyg’unlashgan holda o‘rganilib, bug’doy yangi navlarini yetishtirishda ularning biologik xususiyatlariga mos, yoqilg’i, suv va boshqa resurslarni tejashga imkon beradigan resurstejamkor agrotexnologiya ishlab chiqilgan. Resurstejamkor texnologiyalarda bug’doy yangi navlarining o‘sishi, rivojlanishi maqbullashib, o‘simliklarning qishlab chiqish salmog’i yuqori bo‘lishi, mahsuldor poyalar soni, yotib qolishga chidamliligi ortgan, bug’doydan mo‘l va sifatli don hosili yetishtirishga erishilgan hamda bug’doy yangi navlari donining biokimyoviy tarkibi yaxshilanib, oqsil va kleykovina miqdori ortgan, nonboplik sifati yaxshilanib, ularning kuchli va qimmatli bug’doy talablariga javob berishi aniqlangan. 2018 yilda VA-QXF-5-014 “Respublikaning janubiy mintaqalarida g’o‘za–g’alla navbatlab ekish tizimida tuproq unumdorligini saqlash va oshirishning ilmiy asoslari” fundamental loyihasida asosan qisqa navbatlab ekish tizimida o‘simliklardan tuproq qatlamida qoladigan ildiz va ang’iz qoldiqlari o‘rganilgan. Shuningdek, tizimda ekiladigan ekinlar orasida eng ko‘p ildiz va ang’iz qoldiqlari; popuk ildizli o‘simliklardan makkajo‘xori, javdar, arpa ekinlarida kuzatilgan. 2019 yilda QX-A-QX-2018-83 “Sug’oriladigan va lalmikor maydonlarda qattiq bug’doyning tashqi muhit omillarga chidamli manba va navlar yaratish hamda yetishtirish agrotexnologiyasini ishlab chiqish” amaliy loyihasida asosan Respublikamizning sug’oriladigan va lalmikor yerlarida tuproq-iqlim sharoitlarida qattiq bug’doyning serhosil, don sifati yuqori qattiq bug’doy navlarini yetishtirishda ularning biologik xususiyatlariga mos, ekish, sug’orish me’yor va muddatlari, hamda ma’dan o‘g’itlardan samarali foydalanishga imkon beradigan yetishtirish agrotexnikasi o‘rganilgan va ishlab chiqarishga tavsiyalar berilgan. 2019-yil 5-sentabrda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi bo’lib faoliyat yurita boshladi. 2020 yil 6 fevraldan boshlab tanlov asosida “Qishloq xo‘jalik maqsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasida dotsent vazifasida ishlab kelmoqda. Bugungi kunda amaliyot tajribalariga asoslangan natijalarini nazariya va amaliyot uyg‘unligini talabalarga yetkazish, o‘zi singari yoshlarni qishloq xo‘jaligi sohasidagi qiziqishini namoyon etishlariga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Hozirgi kunda oliy ta’limda talabalarga dars berish bilan birga ilmiy izlanishlar olib borib, 100 ga yaqin ilmiy maqolalar, 10 dan oshiq o‘quv –uslubiy ishlarga mualliflik qilgan.
Raqamlarda
Kuzatuvchilar soni
Fanlar soni
Maqolalar soni
O`quv qo`llanmalar soni