O`qituvchi haqida

ERGASHOV G‘AYRAT XUDAYOROVICH
( Fan nomzodi, PhD - Dotsent )
Ergashov G‘ayrat Xudayorovich, 1979 yil 21 iyunda Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanining Dasht qishlog‘ida ziyoli oilasida tug‘ilgan. 1997 – 2001 yillarda Qarshi davlat universiteti “Kasb–ta’lim” (transport sohasi) yо‘nalishi bо‘yicha bakalavriat. 2001-2003 yillarda Qarshi davlat universitetining “Sanoat issiqlik energetikasi” mutaxassisligi bо‘yicha magistr. 2003-2007 yillarda Qarshi davlat universitetining “Kasbiy ta’lim” kafedrasida assistent lavozimida ishlagan. 2007-2010 yillarda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti aspiranti. 2011-2021 yillarda Qarshi muhandislik - iqtisodiyot instituti “Qishloq xо‘jaligini mexanizatsiyalashtirish” kafedrasi assistenti. 2021-2022 yillarda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Qishloq xо‘jaligini mexanizatsiyalashtirish va servis” kafedrasi katta о‘qituvchi. 2022 yil 05.07.01 – “Qishloq xо‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xо‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” ixtisosligi bо‘yicha “Poliz ekinlari ekish uchun tuproqni tayyorlaydigan kombinatsiyalashgan mashina qо‘shkorpusi va yumshatgichining parametrlarini asoslash” mavzusidagi dissertatsiya ishini himoya qildi. 2022 yildan Qarshi muhandislik - iqtisodiyot instituti “Qishloq xо‘jaligini mexanizatsiyalashtirish va servis” kafedrasi dotsenti v.b. lavozimida ishlab kelmoqda.
Raqamlarda
Kuzatuvchilar soni
Fanlar soni
Maqolalar soni
O`quv qo`llanmalar soni