O`qituvchi haqida

XUJAKELDIYEV KOMIL NOSIROVICH
( Fan nomzodi, PhD - Unvonsiz )
Men, Xujakeldiyev Komil Nosirovich 1958 yil 14 yanvarda Qarshi tumanida ishchi oilasida tug‘ildim. 1976 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xо‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari institutiga о‘qishga kirdim, 1981 yilda mazkur institutni “Yer tuzuvchi muhandis” mutaxasisligi bо‘yicha tamomladim. 1981-1984 yy. - Toshkent irrigatsiya va qishloq xо‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti Qarshi filiali yer tuzishni loyihalash kafedrasi assistenti vazifasida ishladim. 1985-1986 yy. - Moskva yer tuzish injenerlari instituti stajyor о‘qituvchisi bо‘lib ishladim. 1986-1988 yy. - Moskva yer tuzish injenerlari instituti aspiranturasida о‘qidim. 1988-1998 yillarda Yer tuzish fakulteti yopilganligi sababli Qarshi tumanidagi Yangibog‘ jamoa xо‘jaligida Me’mor, Yer tuzuvchi injener va Gidrotexnik vazifalarida ishladim. 1998-2010 yy. va 2010-2015 yy. larda - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti geodeziya, kartografiya va kadastr kafedrasida katta о‘qituvchi vazifasida ishladim. 2012-2013 о‘quv yilida institut bо‘yicha “Eng faol guruh murabbiysi” kо‘rik tanlovida g‘oliblikni qо‘lga kiritganman. 2013-yil 2- oktabrdan 31-oktabrgacha, hamda 2016 yil iyun- iyul oylarida tasdiqlangan 288 soatlik о‘quv rejaga muvofiq malaka oshirish va qayta tayyorlash kursi bо‘yicha Toshkent arxitektura qurilish instituti (TAQI) huzuridagi “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida” malaka kursini о‘tadim. 2015-2020 yy va 2020- 2021yy larda- Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti konchilik ishi va geodeziya va geodeziya, kadastr va yerdan foydalanish kafedrasi katta о‘qituvchisi vazifasida ishladim. 2020 yil 2-oktabrdan 30-noyabrgacha TIQXMMI huzuridagi PKQT va UMOTMda “Yer kadastri va yerdan foydalanish” yо‘nalishi bо‘yicha malaka kursini о‘tadim. 2021 yil 27- avgustda texnika fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishini himoya qildim. 2021- 2022y. - h.v - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining geodeziya, kadastr va yerdan foydalanish kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchisi lavozimida ishladim. 2022-yil 28-iyundan- h.v- Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining geodeziya, kadastr va yerdan foydalanish kafedrasi dotsenti bо‘lib ishlab kelmoqdaman. Shu bilan birga bir necha yillar davomida Fakultet kasaba uyushmasi tashkiloti raisi, fakultet ilmiy Kengash kotibligi vazifalarida, hamda institut ichki nazorat va monitoring bо‘limida ham ishlab kelganman. 1981 yildan buyon О‘zbekiston xalq demokratik partiyasi a’zosim.
Raqamlarda
Kuzatuvchilar soni
Fanlar soni
Maqolalar soni
O`quv qo`llanmalar soni