O`qituvchi haqida

IBRAGIMOV ZOXID ABDIVOXIDOVICH
( Fan nomzodi, PhD - Dotsent )
Ibragimov Zoxid Abdivoxidovich 1972 yil 26 yanvar Qashqadaryo viloyati, Koson tumani Nekuz qishlog`ida tug`ilgan. Millatim o’zbek. 1989 yili Samarqand qishloq xo’jalik institutini agronomiya fakultetiga o’qishga kirib 1993 yilda tugatgan va olim agranom ixtisosligini olgan. 1994 yil fevral oyidan Qashqadaryo viloyati agrosanoat uyushmasi g`alla urug`chiligi bo’limida makkajo’xori urug`chiligi agranomi may oyidan shu bo’limda etakchi mutaxassis bo’lib ishlagan. 1994 yil avgust oyidan Qashqadaryo viloyati dehqon fermer xo’jaliklari uyushmasida dehqonchilik bo’yicha bosh mutaxassis bo’lib ishlagan. 1995 yil Qashqadaryo viloyati o’simliklarni himoya qilish stantsiyasida kuzatuvchi agranom bo’lib ishlagan. 1996 yil Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti kunduzgi bo’lim aspiranturasiga qabul qilinib, 1999 yili tugatib 2000 yilda nomzodlik dissertatsiyamni himoya qilgan. 1999 yildan shu institutni “Agronomiya” kafedrasida assistent, 2001 yildan katta o’qituvchi, 2001 yil may oyidan dotsent vazifasida, 2002 yil sentyabr oyidan “Qishloq xo’jalik maxsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi kafedrasi” mudiri, 2010 yil yanvardan “Qishloq xo’jalik maxsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasi dotsenti bo’lib ishlab kelmoqda. 2006-2008 yillarga mo’ljallangan amaliy tadqiqotlar dasturlari doirasida bajarilgan QXA-8-086 - «Bir yilda ikki marta don hosili etishtirishda begona o’tlarga qarshi uyug`unlashgan kurash texnologiyasini ishlab chiqish» mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishiga, 2009-2011 yillarda Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti Qashqadaryo filialida QXA-10-148 - «Bug`doy etishtirishda zararkunandalarga qarshi uyg`unlashgan kurash texnologiyasini ishlab chiqish» mavzusida bajarilgan davlat grantlariga rahbarlik qildi. SHuningdek 2010-2011 yillarga mo’ljallangan yosh olimlar amaliy tadqiqotlar dasturlari doirasida bajarilgan YOA-10-01 - «Bug`doy etishtirishda zang kasalligiga qarshi uyg`unlashgan kurash texnologiyasini ishlab chiqish» mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishiga, 2012-2014 yillarda Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti Qashqadaryo filialida QXA-8-029 - «Respublikaning lalmikor erlari uchun qurg`oqchilik, kasalliklar, zararkunandalarga chidamli, hosildor no’xatning yangi navlarini yaratish» mavzusida bajarilgan davlat granlarida ishtirok etib ilmiy tadqiqot ishlari olib bordi. Hozirgi kunda oliy ta’limda talabalarga dars berish bilan birga ilmiy izlanishlar olib borib, 100 ga yaqin ilmiy maqolalar, 20 dan oshiq o‘quv –uslubiy ishlarga mualliflik qilgan.
Raqamlarda
Kuzatuvchilar soni
Fanlar soni
Maqolalar soni
O`quv qo`llanmalar soni
Fanlar
Nomi | Turi |
---|---|
PAXTA XOM-ASHYOSINI SAQLASH VA DASTLABKI ISHLASH TEXNOLOGIYASI | Fan bo`yicha uslubiy ko`rsatma |
«Paxta xom ashyosini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi» fanidan amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma | Fan bo`yicha uslubiy ko`rsatma |
«Paxta xom ashyosini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi» fanidan mustaqil ishlarni bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma | Fan bo`yicha uslubiy ko`rsatma |
«Paxta xom ashyosini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi» fanidan mustaqil ishlarni bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma | Fan bo`yicha uslubiy ko`rsatma |
«Paxta xom ashyosini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi» fanidan kurs ishi (loyihasini) bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma | Fan bo`yicha uslubiy ko`rsatma |