O`qituvchi haqida

ISMAILOVA XALAVAT DJABAROVNA
( Fan nomzodi, PhD - Dotsent )
Halovat Ismoilova-1947 yilda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida tug’ilgan.1967 yilda Qarshi davlat pedagogika institutining Kimyo-biologiya yo’nalishiga o’qishga kirib, 1971 yilda ushbu yo’nalishni imtiyozli diplom bilan tugatgan.1982 yildan Qarshi muhandislik –iqtisodiyot institutida laboratoriya mudiri, assistent, katta o’qituvchi,dotsent lavozimida ishlab keladi. 1989-1993 yillarda O’zbekiston paxtachilik ilmiy tekshirish institutida “Meliorasiya va sug’oriladigan erda dehqonchilik” ixtisosligi bo’yicha ilmiy izlanish olib borib,1994 yilda nomzodlik dissertasiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. H.Ismoilova organik kimyodan oliy o’quv yurtlari talabalari uchun 2 ta darslik, o’quv qo’llanma, organik kimyodan laboratoriya mashg’ulotlari bo’yicha o’quv qo’llanma, issiqlik energetika yo’nalishi talabalari uchun Kimyo fanidan laboratoriya mashg’ulotlari bo’yicha o’quv qo’llanma, qishloq xo’jaligini mexanizasiyalashtirish yo’nalishi talabalari uchun Dehqonchilik asoslari fanidan o’quv qo’llanma , Oziq-ovqat kimyosi va biokimyosi fanidan laboratoriya ishlarini bajarish bo’yicha o’quv qo’llanma, Qarshi cho’lida g’o’zani sug’orish rejimi, Sug’orish rejimining hosildorlikka ta’siri nomli 2 ta monografiyalari, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi ta‘lim yo’nalishlari talabalari uchun Sut va go’sht mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi fanidan o’quv qo’llanma muallifi. Organik kimyo fanidan 2 ta darslik tayyorlangan va chop etilgan, ko’paytirib kutubxonaga topshirilgan. Hozirgi kunda Qarshi muhandislik –iqtisodiyot instituti Umumiy kimyo kafedrasida professor vazifasini bajaruvchi lavozimida faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Raqamlarda
Kuzatuvchilar soni
Fanlar soni
Maqolalar soni
O`quv qo`llanmalar soni
Fanlar
Nomi | Turi |
---|---|
organik kimyo 1-qism | Fan bo`yicha darslik |
organik kimyo 2-qism | Fan bo`yicha darslik |
organik kimyo laboratoriya mashg'uloti 1-qism | Fan bo`yicha uslubiy qo`llanma |
organik kimyo laboratoriya mashgulotlari 2-qism | Fan bo`yicha uslubiy qo`llanma |
organik kimyo amaliy mashg'ulot 1-qism | Fan bo`yicha uslubiy qo`llanma |
organik kimyo laboratoriya mashg'uloti 2-qism | Fan bo`yicha uslubiy qo`llanma |
organik kimyo laboratoriya mashg'uloti o'quv qo'llanma Voris nashriyoti | Fan bo`yicha o`quv qo`llanma |
organik kimyo o'quv-uslubiy majmua | Qo'shimcha ma'lumotlar |
Nomi | Turi |
---|---|
kimyo laboratoriya mashg'ulotlari | Fan bo`yicha o`quv qo`llanma |
Nomi | Turi |
---|---|
Методическое пособие по химии для лабораторных работ | Fan bo`yicha uslubiy qo`llanma |
Методическое пособие по химии для практических занятий | Fan bo`yicha uslubiy qo`llanma |
Kimyodan laboratoriya mashg'ulotlari uchun uslubiy qo'llanma | Fan bo`yicha uslubiy qo`llanma |
Kimyodan amaliy mashg'ulotlari uchun uslubiy qo'llanma | Fan bo`yicha uslubiy qo`llanma |
Nomi | Turi |
---|