O`qituvchi haqida

XAMRAYEV TOLIB YARASHEVICH
( Darajasiz - Unvonsiz )
Tarjimai xol Men Xamraev Tolib Yarashovich 1973 yil 13 avgustda Qashqadaryo viloyati Koson tumani Guvalak qishlog'ida ishchi oilasida tug'ilganman. Otam Hamraev Yarash mexanik – muhandis bo'lib ishlagan, ( vafot etgan). Onam Rasulova Oygul – uy bekasi. 1980 yildan 1990 yilgacha Koson tumanidagi F. Engels nomli hozirgi B. Niyozov nomli maktabda o'qiganman. 1991 yildan 1998 yilgacha Toshkent Davlat Texnika Universitetida tahsil olganman. 1998 yilda ToshDTU Energetika fakultetini “Sanoat issiqlik energetikasi” mutaxassisligi bo'yicha tugatganman. 2000 – 2002 yillarda Koson tuman Guvalak qishlog'ida elektr nazoratchisi, 2005 – 2007 yillarda Qashqadaryo viloyat “Issiqlik manbai” OAJ ga qarashli 4 – markaziy qozonxonada chilangar vazifalarida ishlaganman. 2007 yil 5 oktyabrdan Qarshi muxandislik iqtisodiyot instituti “Issiqlik energetikasi” kafedrasida buyruq asosida 2021 yil 20 noyabrgacha ssistent 2021 yil 20 noyabrdan katta o’qituvchi lavozimida ishlab kelmoqdaman.
Raqamlarda
Kuzatuvchilar soni
Fanlar soni
Maqolalar soni
O`quv qo`llanmalar soni
Fanlar
Nomi | Turi |
---|---|
Yuqori haroratli jarayonlar va qurilmalar fanidan darslik | Fan bo`yicha darslik |
Yuqori haroratli jarayonlar va qurilmalar fanidan o'quv qo'llanma | Fan bo`yicha o`quv qo`llanma |