O`qituvchi haqida

ALIKULOV SATTAR RAMAZANOVICH

ALIKULOV SATTAR RAMAZANOVICH

( Fan doktori, DSc - Professor )

Tarjimai hol Alikulov Sattor Ramazonovich. 1946 yil 20 dekabrda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida tug`ilgan. Chiroqchi tumani 2-sonli o`rta maktabni tugatgan. Toshkent politexnika instituti mexanika fakultetini 1970-yilda tugatgan. Mehnat faoliyati 1963-yilda Chiroqchi tumani “O`zqishloqxo`jaliktexnika” korxonasida tokar bo`lib ishlagan. 1970-yildan instituti yo`llanmasi bilan O`rta Osiyo qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti (hozirgi QXMITI) da muxandis konstruktor (1970-1973yy), kichik ilmiy xodim (1973-1980), katta ilmiy xodim (1981-1983yy), muammoli laboratoriya mudiri (1983-1988yy) lavozimida ishlagan. 1988-yildan TIQXMII institutining Qarshi filialida dotsent (1988-1990yy), filial direktori o`rinbosari (1990-1995yy), filial asosida tashkil etilgan Qarshi agroiqtisodiyot instituti rektorining O`quv ishlari, ilmiy ishlari prorektori 1995 yildan Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti Agromuhandislik o`quv markazi (fakulteti) dekani, 2006-2012 yilgacha QMII qoshidagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi direktori, 2012-2018yy “Yer usti transport tizimlari va ulardan foydalanish” kafedrasi professori, 2018-2019 yillar institutning “Umumtexnika fanlari” kaferdasi professori, 2019-yildan hozirgi vaqtgacha “Qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalashtirish va servis” kafedrasi professori lavozimida ishlab kelmoqda. 1980-yildan texnika fanlari nomzodi 1985-yildan katta ilmiy xodim 2007-yildan texnika fanlari nomzodi 2019-yildan professor unvoni Oilaviy holati: oilali, turmush o`rtog`i…, 5 nafar farzandning otasi, 16 nafar nevaraning bobosi. Yashash manzili: Qarshi shahri, Buyuk Turon mahallasi, So`g`diyona ko`chasi 3A uy Nashr etilgan: Jami-244, shundan 6 ta monografiya 4 ta o`quv qo`llanma, 18 ta patent va mualliflik guvohnomalar, 38 ta ilmiy maqola xorijiy nashrlarda, 84 ta ilmiy maqola va ma’ruzalar chop etilgan.

Raqamlarda

Kuzatuvchilar soni

Fanlar soni

Maqolalar soni

O`quv qo`llanmalar soni

Fanlar