O`qituvchi haqida

AZIZOV SHAVKAT ABDURAXMANOVICH

AZIZOV SHAVKAT ABDURAXMANOVICH

( Fan nomzodi, PhD - Dotsent )

Azizov Shavkat Abduraxmanovich 1961 yil 8-mayda Qashqadaryo viloyati G'uzor tumani G'uzor shahrida ziyoli oilasida tug'ilgan. Millati- o'zbek. Oliy ma'lumotli, 1983 yilda Toshkent avtomobil transporti va yo‘llari instituti (kunduzgi), 2000 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, 2005 yilda Bozor islohotlari ilmiy-tadqiqot instituti (aspirantura)larini muvafaqqiyatli tamomlagan. Muhandis-mexanik mutaxassisligiga ega. Mehnat faoliyatini 1983-1984 yy. - G‘uzor tumanidagi 2532-avtojamlanma yoqilg‘i moylash materiallari bo‘yicha texnigi lavozimidan boshlagan. Keyinchalik 1984-1986 yy. - G‘uzor tumanidagi 2532-avtojamlanma mehnatga haq to‘lash bo‘limi boshlig‘i, 1986-1989 yy. - G‘uzor tumanidagi 2532-avtojamlanma ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i, 1989-1999 yy. - G‘uzor tumanidagi 2532-avtojamlanma bosh muhandisi, 1999-2000 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tinglovchisi, 2000-2002 yy. - G‘uzor tumanidagi 2532-avtojamlanma bosh muhandisi, 2002-2004 yy. - G‘uzor tumani hokimining industriyani rivojlantirish, qurilish va kommunikatsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari , 2004-2011 yy. - G‘uzor tumani hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, 2011-2016 yy. - G‘uzor tumanidagi “Sifat Grant usta me’mor qurilish-ta’mirlash” korxonasi ta’minotchisi, 2016-2017 yy. - O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshkent shahar Yunusobod tuman kengashi yetakchi referenti, 2017-2018 yy. - Toshkent shahar Sergeli tumani “Ta’mirlash-tiklash xizmati” davlat unitar korxonasi direktori, 2018-2019yy. - Toshkent shahar “Ta’mirlash-tiklash xizmati” davlat unitar korxonasi Olmazor tumani filiali boshlig‘i lavozimlarida samarali faoliyat olib borgan. 2019-yildan to hozirgi kunga qadar Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Transport vositalari kafedrasida dotsent lavozimida ishlab kelmoqda. Azizov Shavkat Abduraxmanovich mehnat faoliyati davomida o'zi ta'lim berayotgan soha kesimida 2 ta o'quv qo'llanma, 10 ga yaqin uslubiy ko'rsatma muallifi hisoblanadi. Shu bilan birgalikda ilmiy faoliyat bilan muntazam shug'ullanib kelmoqda. Jumladan Sh. Azizov tomonidan 2 ta monografiya chop etilgan. 4 ta maqolasi Scopus va jahonning tan olingan nufuzli jurnallarida, OAK etirof etgan jurnallarda 4 ta maqolasi, xalqaro va respublika anjumanlarida 10 dan ortiq tezislari e'lon qilingan. Bugungi kunda Sh. Azizov “Avtomobil shinalari ishlash muddatini optimallashtirish” mavzusida texnika fanlar doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy ish olib bormoqda. Sh.A. Azizov -oilali, to'rt nafar farzandi, olti nafar nevarasi bor.

Raqamlarda

Kuzatuvchilar soni

Fanlar soni

Maqolalar soni

O`quv qo`llanmalar soni

Fanlar