O`qituvchi haqida

ALIMOVA MUNISA YULCHIYEVNA
( Darajasiz - Unvonsiz )
Alimova Munisa Yulchiyevna 2013 yilda Samarqand Iqtisodiyot va Servis institutining “Iqtisodiyot” fakultetining Marketing yo‘nalishiga magistraturasini bitirdi. Shu yili Marketing kafedrasiga assistenti lavozimiga ishga kirdi. Hozirgi kunda “Qishloq aholisi turmush darajasini oshirishda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish (Qashqadaryo misolida)” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Alimova M.Yu o‘z pedagogik faoliyati davomida 2 ta uslubiy qo‘llanma, 10 ta ilmiy maqolalar chop ettirdi. Munisa Alimova tomonidan yaratilgan o‘quv-uslubiy va ilmiy ishlar kurs ishlarini, bitiruv malakaviy ishlarini tayyorlashda asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Alimova Munisa Yulchiyevna kafedra assistenti o‘zining ilmiy salohiyatidan kelib chiqqan holda, kafedrada pedagogik, metodik va ilmiy sohalarning muntazam rivojlanishi, jamoa a’zolarining pedagogik ilmiy mahoratini kuchaytirish borasida ham bir qator ijobiy ishlarni bajarib kelmoqda. M.Yu.Alimova Iqtisodiyot fakulteti xotin-qizlar kengashi raisi sifatida fakultetda va institut miqyosida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etib, talabalar turar joyida talaba qizlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni ham muntazam o‘tkazib kelmoqda. U institut, fakultet va kafedraning ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarida faol ishtirok etganligi uchun institut ma’muriyaning “Faxriy yorliq”lari bilan taqdirlandi va respublika bosqichida ishtirok etdi. U ustoz-murabbiy sifatida talabalar bilan doimiy ravishda ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni yuqori saviyada olib bormoqda. M.Yu.Alimova oilali, 2 nafar farzandi bor.
Raqamlarda
Kuzatuvchilar soni
Fanlar soni
Maqolalar soni
O`quv qo`llanmalar soni
Fanlar
Nomi | Turi |
---|---|
Tijorat va servis logistikasi | Fan bo`yicha uslubiy qo`llanma |
Nomi | Turi |
---|---|
Основы экономической безопасности | Qo'shimcha ma'lumotlar |