O`qituvchi haqida

XIDIROV MIRABBOS MIRZAYOR O‘G‘LI

XIDIROV MIRABBOS MIRZAYOR O‘G‘LI

( Darajasiz - Unvonsiz )

Men Xidirov Mirabbos Mirzayor o'g'li 1994-yil 15-iyunda Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani Yangi Mirishkor shaharchasida tug'ilganman. Millatim o'zbek. Ma'lumotim oliy. O'zbekiston Respublikasi fuqarosiman. 2000-yilda Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani 1-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining 1-sinfiga o'qishga qabul qilinganman. Ushbu maktabni 2009-yilda tamomlab 2009-2012 yillarda Mirishkor Iqtisodiyot kasb-hunar kollejining buxgalteriya hisobi va audit yo'nalishida tahsil olganman. 2012-2016 yillarda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining Energetika fakulteti 5310200-Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo'nalishlar bo'yicha) ta'lim yo'nalishida tahsil olganman. 2017-yil 27-fevral sanasidan 27-noyabr sanasiga qadar Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi 14299-harbiy qismda muddatli harbiy xizmatni o'tadim. 2018-2020 yillarda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Magistratura bo'limi 5A310104-Sanoat issiqlik energetikasi mutaxassisligida tahsil olganman. 2020-2022 yillarda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Issiqlik energetikasi kafedrasi laboratoriya mudiri lavozimida ishlaganman. 2022-yildan hozirga qadar Issiqlik energetikasi kafedrasida kafedra assistenti sifatida faoliyat yuritib kelmoqdaman.

Raqamlarda

Kuzatuvchilar soni

Fanlar soni

Maqolalar soni

O`quv qo`llanmalar soni

Fanlar