O`qituvchi haqida

SAMIYEVA GULNOZA TOXIROVNA

SAMIYEVA GULNOZA TOXIROVNA

( Fan nomzodi, PhD - Dotsent )

Samiyeva Gulnoza Toxirovna 1981 yil 19 aprelda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida tavallud topgan. Oliy ma’lumotli, iqtisodiyot fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD) (2019), dotsent (2021). 2002 yilda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Iqtisodiyot” fakultetining “Iqtisodiyot” yо‘nalishini, 2004 yilda “Kasb-hunar fanlarini о‘qitish metodikasi” (Iqtisodiyot) mutaxassisligi magistraturasini imtiyozli tamomladi. 2002-2003 yy. о‘zi о‘qigan Qarshi shahri 26-sonli maktabda “Iqtisodiy bilim asoslari” fani о‘qituvchisi, 2003-2004 yy. QarMII magistraturasida 0,5 stavka uslubchi, 2004-2006 yy. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot kafedrasi assistenti, 2006-2010 yy. - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot kafedrasi aspiranti, 2010-2012 yy. - Qashqadaryo viloyati pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti o‘qituvchisi, 2012-2018 yy - Qashqadaryo viloyati pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti katta o‘qituvchisi, 2019–2020 yy-O‘zbekiston Respublikasi Oliy Harbiy aviatsiya bilim yurti ijtimoiy-iqtisodiy va gumanitar fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2020 yil oktabrdan – Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Innovatsion iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti sifatida faoliyat yuritib, 20 yillik pedagogik stajga ega. 2019 yil sentabrda prof. R.X.Ergashev ilmiy rahbarligida “Dehqon xо‘jaliklarida ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash yо‘nalishlari” mavzusidagi dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qildi va Toshkent irrigatsiya va qishloq xо‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, qishloq xо‘jaligi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi DSc.27.06.2017.I.10.03 raqamli ilmiy kengashning qaroriga asosan iqtisodiyot fanlari bо‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini oldi. О‘zining ilmiy faoliyati davomida iqtisodiyotga hamda pedagogikaga, metodikaga doir 80 dan ortiq ilmiy maqolalar, 2 ta monografiya, 20 dan ortiq о‘quv-uslubiy ishlar muallifi sanaladi. Iqtisodiyotning ajralmas sohasi bо‘lgan qishloq xо‘jaligi iqtisodiyotiga doir ilmiy-tadqiqot ishlari bilan turli xalqaro va respublika anjumanlarida faol ishtirok etadi. Samiyeva G.T. “O‘zbekiston Konstitusiyasiga 25 yil” esdalik nishoni (2017 y.) hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining “Namunali xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni (2022) bilan taqdirlangan. G.T.Samiyeva oilali, 3 nafar farzandi bor.

Raqamlarda

Kuzatuvchilar soni

Fanlar soni

Maqolalar soni

O`quv qo`llanmalar soni

Fanlar

Maqolalar

Nomi
Роль фермерских, дехканских хозяйств и землевладельцев в обеспечении продо-вольственной безопасности Узбекистана
The Main Tasks Of Farms And Dekhkan Farms In Ensuring Productive Security In Uzbekistan
Econometrical Assessment of Factors Affecting Diversification of Production in Farms Ensuring Food Security
Dehkan Farm – Services To sustain food supply
Reform in the Field of Family Entrepreneurs in Reducing Poverty in Uzbekistan.
Farmers - Food Sustainability Services
Concepts of Poverty, Inequality and Social Exclusion
The Most Important Aspects of Studying the Living Standards of the Population
Issues of the state pension provision and its improvement in Uzbekistan
The Importance of Self-Employment and Self-Reliance in Improving the Well-Being of the Population Self-Employment
Improving the Living Standards of the Population through the Development of Family Entrepreneurship and Small Business in Uzbekistan
Theoretical Basics of Ensuring Food Security of the Country
Status of Logistics and Transport Infrastructure Development Directions in Uzbekistan
Issues of Socio-Economic Development of the Living Standard of the Population
The main socio-economic task - employment of the population and ways to solve unemployment
Инвестиция фаолиятини самарали ташкил этишнинг назарий асослари
The most important aspects of population welfare study
Mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning nazariy asoslari
Ways to Effectively Organize Employment of the Population in Ensuring Social and Economic Security of the Region
The Significance of Investments in Providing Well-Being and Increase the Living Standard of the Population
Узбекистан на пути к сокращению бедности: опыт Китая
Economic analysis of the development of the household service network in Uzbekistan and the creation of a competitive environment in local household service enterprises
Повышение продуктивности сельского хозяйства и наращивание объемов производства в условиях социальной, экономической и экологической устойчивости
O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash masalalari
О‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish: Xitoy tajribasi misolida
Econometric Assessment of the Dynamics of Development of the Export Potential of Small Businesses and Private Entrepreneurship Subjects in the Conditions of the Digital Economy