O`qituvchi haqida

O‘RINOVA GULNORA ERNAZAROVNA

O‘RINOVA GULNORA ERNAZAROVNA

( Darajasiz - Unvonsiz )

O‘rinova Gulnora Ernazarovna 1976 yil 25 iyunda Qarshi tumanida ishchi oilasida dunyoga kelgan. Ma’lumoti Oliy. 1998 yilda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining “Texnologiya” fakulteti “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasida “Konservalash texnologiyasi” yo‘nalishini tamomlagan. U 1999-2003 yillargacha Qashqadaryo viloyat Qarshi tumani Beshkent shahridagi 6-MMT da ishchi bo‘lib ishlagan. 2008-2019 yillarda Qashqadaryo viloyat Qarshi tuman Beshkent qishloq xo‘jalik kasb-hunar kollejida ishlab chiqarish ta’limi ustasi vazifasida ishlagan. 2019 yilda Qarshi muhandislik-iqtisodiyoti instituti “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasida stajyor-o‘qituvchi vazifasiga ishga qabul qilindi. 2020 yil 5-sentabrda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasida assistent bo‘lib faoliyat yurita boshladi. 2021 yil 16 sentabrdan boshlab tanlov asosida “Qishloq xo‘jalik maqsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasida assistent vazifasida ishlab kelmoqda. Bugungi kunda amaliyot tajribalariga asoslangan natijalarini nazariya va amaliyot uyg‘unligini talabalarga yetkazish, o‘zi singari yoshlarni qishloq xo‘jaligi sohasidagi qiziqishini namoyon etishlariga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Hozirgi kunda oliy ta’limda talabalarga dars berish bilan birga ilmiy izlanishlar olib borib, 10 ga yaqin ilmiy maqolalar, 15 dan oshiq o‘quv –uslubiy ishlar va 1 ta o‘quv qo‘llanmaga mualliflik qilgan.

Raqamlarda

Kuzatuvchilar soni

Fanlar soni

Maqolalar soni

O`quv qo`llanmalar soni

Fanlar