O`qituvchi haqida

ESHDAVLATOV ESHPULAT UZAKOVICH
( Fan nomzodi, PhD - Dotsent )
Professor-о‘qituvchi haqida ma’lumot Eshdavlatov Eshpо‘lat Uzoqovich 1956 yili Qashqadaryo viloyatida tо‘g‘ilgan. 1979 yili TQXMIII(Toshkent qishloq xо‘jaligini mexanizatsiyalash va irrigatsiyalash injenerlari instituti) ni tugatgan va shu yili Toshkent qishloq xо‘jaligini mexanizatsiyalash va irrigatsiyalash injenerlari institutining Qarshi filialida 1979 yil “Mashina-traktor parkidan foydalanish” nomi bilan tashkil etilgan kafedraga yosh mutaxassis assistent sifatida ishga kelgan. 1986-1988 yillar Butunittifoq qishloq xо‘jaligi institutining aspiranturasida tahsil olgan. 1989 yilda “Mashina-traktor parkidan foydalanish” kafedrasida о‘z faoliyatini davom ettirdi. 1990 yili 05.20.01.-Qishloq xо‘jaligi ishlab chiqarishini mexanizatsiyalash itisosligi bо‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Eshdavlatov Eshpо‘lat Uzoqovich “Mashina-traktor parkidan foydalanish” kafedrasining о‘quv-uslubiy va moddiy texnik bazasining rivojlanishiga katta hissa qо‘shgan. U 1993-2000 yillar va 2006-2012 yillarda kafedraga mudirlik vazifasida ishlagan. Bu vaqt mobaynida kafedraning ilmiy tadqiqot ishlarining rivojlanishiga ham о‘z xissasini qо‘shib keldi. Jumladan, uning ilmiy rahbarligida 15-095-«Ozuqalarga issiqlik bilan ishlov beruvchi uzluksiz ta’sirli aralashtirgichni ishlab chiqish» mavzusida davlat granti asosidagi (2009-2011 yillar) ilmiy tadqiqot ishi olib borildi. Bir necha yillardan beri “Qishloq xо‘jalik ekinlarini yetishtirishda elektrotexnologiyani qо‘llash” va “Chigitni suv bilan ekish” mavzulari bо‘yicha xо‘jalik shartnomalari asosida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Eshdavlatov Eshpо‘lat Uzoqovich ilmiy rahbarligida tayyorlangan bir nechta loyihalari “Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasi»da namoyish etilgan va katologiga kiritilgan. Jumladan, “Chigitni suv bilan ekish agregati”, “Paxta terish mashinasi shpindelini yuvish qurilmasi”, “Pushta olgich -о‘g‘itlagich” shular jumlasidandir. Eshdavlatov Eshpо‘lat Uzoqovich tomonidan 100 dan ortiq ilmiy maqolalar, ilmiy-uslubiy ishlar chop etilgan, shundan 6 tasi patentlar.
Raqamlarda
Kuzatuvchilar soni
Fanlar soni
Maqolalar soni
O`quv qo`llanmalar soni
Fanlar
Nomi | Turi |
---|---|
DAK savollari Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi va servisi | Qo'shimcha ma'lumotlar |
Nomi | Turi |
---|---|
Qishloq xо‘jalik texnikalaridan foydalanish va texnik servis | Fan bo`yicha o`quv qo`llanma |