O`qituvchi haqida

SHARIPOV ERGASH ORIPOVICH

SHARIPOV ERGASH ORIPOVICH

( Fan nomzodi, PhD - Dotsent )

Sharipov Ergash Oripovich, 1969 yil 4 iyulda tug’ilgan, millati o’zbek. 1976-1986 yy.– Kason tumani 21-o’rta maktabni tamomlab, 1993 yil, Qarshi davlat universiteti, matematik-informatika o’qituvchisi. 2019 yildan buyon pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori. Dissertasiyasini 2019 yilda O’zbekiston milliy universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.28.12.2017.Ped.01.09 raqamli Ilmiy kengashida “Akademik liseylarda matematik analiz asoslarini o’qitish metodikasi” mavzusida 13.00.02- “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (matematika)” ixtisosligi bo’yicha himoya qilgan. 2011-2019 yy.– Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti oliy matematika kafedrasi katta o’qituvchisi, 2019 yil noyabr oyidan buyon Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Oliy matematika” kafedrasi dosenti, 2022-2023 o’quv yili boshidan boshlab Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti oliy matematika kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlab kelmoqda. Institutdagi faoliyati davomida talaba yoshlarga ilm-fan va ta’lim jarayonida innovasiya va axborot texnologiyalarini qo’llash, dars mashg’ulotlarida zamonaviy va interfaol o’qitish usullaridan samarali foydalanish va ilmiy mavzu asosida ilmiy-tadqiqotlarni olib borish borasida bir qancha yutuqlarga erishgan. Institut rahbariyatining bir necha faxriy yorliqlarini qo’lga kiritgan. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti miqyosida 2017-2018, 2020-2021 o’quv yillarida o’tkazilgan “Yilning eng yaxshi pedagogi” tanlovida E.O.Sharipov o’z kasbini sevadigan, hurmatga sazovor va yuqori saviyali pedagog ekanligini ko’rsatdi va ishi ijobiy baholanib Respublika bosqichiga tavsiya qilingan. Sharipov Ergash Oripovich tamonidan 60 tadan ortiq maqola 10 ta yaqin o’quv va elektron o’quv qo’llanmalar muallifidir.

Raqamlarda

Kuzatuvchilar soni

Fanlar soni

Maqolalar soni

O`quv qo`llanmalar soni

Fanlar