O`qituvchi haqida

YUSUPOV BEKZOD ERGASHEVICH
( Darajasiz - Unvonsiz )
Ish faoliyati: 1999-2003 yillar - Qarshi davlat universiteti talabasi, 2003-2005 yillar - Qarshi davlat universiteti magistranti, 2006-2012 yillar - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, “Kasb ta’limi” kafedrasi assistenti (ichki o’rindoshlik asosida “Kasb ta’limi” fakul’teti ilmiy ishlar bo’yicha dekan muovini), 2013-2019 yillar - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, “Kasb ta’limi va pedagogika” kafedrasi katta о‘qituvchisi, 2019-2022 yillar - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, “Muhandislik texnikasi” fakulteti о‘quv ishlari bо‘yicha dekan muovini (ichki o’rindoshlik asosida “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta о‘qituvchisi), 2022 y.- h.v. - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta о‘qituvchisi, (tashqi o’rindoshlik asosida Qarshi Xalqaro Universiteti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta о‘qituvchisi) Ilmiy-uslubiy ishlari: U pedagogik faoliyati bilan birga, 13.00.01-“Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta‘limotlar tarixi” ixtisosligi bo‘yicha tanlangan “Talabalar kognitiv faoliyatini rivojlantirishda tarkiblashtirilgan o’quv materiallaridan foydalanish texnologiyasi (Maxsus fanlarni o‘qitish misolida)” nomli falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy-tadqiqot ishi bilan shug’ullanib kelmoqda. B.E. Yusupov 70 dan ortiq ilmiy va o'quv-uslubiy ishlar muallifi. Shundan 4 tasi xorijiy jurnallarda chop etilgan ilmiy maqolalar, 10 tasi xalqaro konferensiyalarda chop etilgan ilmiy maqolalar, 5 tasi OAK tasarrufidagi jurnallarda chop etilgan ilmiy maqolalar, 40 dan ortig’i respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida chop etilgan ilmiy maqolalar, 1 ta o’quv qo’llanma, 2 ta DGU va guvohnomalar shular jumlasidandir. Shuningdek, 15 dan ortiq ma’ruza matnlari, uslubiy ko’rsatmalar, O’UM lar muallifi hamdir.
Raqamlarda
Kuzatuvchilar soni
Fanlar soni
Maqolalar soni
O`quv qo`llanmalar soni