O`qituvchi haqida

JURAYEV BAXODIR BOTIROVICH

JURAYEV BAXODIR BOTIROVICH

( Darajasiz - Unvonsiz )

Jurayev Baxodir Botirovich 1989 yil 3-iyunda Qashqadaryo viloyati G'uzor tumani Cho'michli qishlog'ida ishchi oilasida tug'ilgan. Millati- o'zbek. Oliy ma'lumotli, 2016- yilda hozirgi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan. Mexanik-konstruktor mutaxassisligiga ega. Mehnat faoliyatini 2016-yilda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Yer usti transport tizimlari kafedrasida assistent lavozimidan boshlagan. Hozirda mazkur institutning Transport vositalari muhandisligi kafedrasida assistent lavozimida ishlab kelmoqda. Jurayev Baxodir Botirovich mehnat faoliyati davomida o'zi ta'lim berayotgan soha kesimida 2 ta o'quv qo'llanma, 10 ga yaqin uslubiy ko'rsatma muallifi hisoblanadi. Shu bilan birgalikda ilmiy faoliyat bilan muntazam shug'ullanib kelmoqda. Jumladan B. Jurayev tomonidan 1 nafar foydali modelga patent olingan, 2 ta maqolasi Scopus va jahonning tan olingan nufuzli jurnallarida chop etilgan, OAK etirof etgan jurnallarda 4 ta maqolasi, xalqaro va respublika anjumanlarida 10 dan ortiq tezislari e'lon qilingan. Bugungi kunda B. Jurayev 05.07.01 – “Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” ixtisosligi bo‘yicha “Kartoshka kovlagichning elaklash ish jarayonini takomillashtirish va parametrlarini asoslash” mavzusida texnika fanlari bo‘yicha (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy ish olib bormoqda. B.B. Jurayev -oilali, ikki nafar farzandi bor.

Raqamlarda

Kuzatuvchilar soni

Fanlar soni

Maqolalar soni

O`quv qo`llanmalar soni

Fanlar