O`qituvchi haqida

AXMEDOV AZIMJON NORMO‘MINOVICH

AXMEDOV AZIMJON NORMO‘MINOVICH

( Fan doktori, DSc - Professor )

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining «Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi» kafedrasi professori, texnika fanlari doktori (DSc) Axmedov Azimjon Normo‘minovich TARJIMAI HOLI 1980 yil 18 iyulda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy. O‘zLDP a’zosi. Oilali, 3 nafar farzandi bor Axmedov Azimjon Normo‘minovich – 1980-yil 18-iyulda Kasbi tumani Qamashi qishlog‘ida tug‘ilgan. Pedagoglik faoliyatini 2007-2010 yy - Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi kafedrasi assistenti lavozimidan boshlagan va 2010-2020 yillari kafedra assistenti, katta o‘qituvchisi, dotsenti, hamda mudiri kavozimlarida hamda 2020-2021 yy - Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti Oziq-ovqat mahsulotlari kafedrasi dotsenti shuningdek, ichki nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i, 2021 y.- hozirgi kunga qadar Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi kafedrasi professori hamda Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat olib bormoqda. Umumiy ilmiy-pedagogik mehnat staji 23 yil. Axmedov Azimjon Normo‘minovich – dastlab 2012-yilda texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini, 2018-yilda dotsent ilmiy unvonini, 2020-yilda texnika fanlari doktori ilmiy darajasini hamda 2022-yilda professor ilmiy unvonlarini oldi. 2022-yilda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi ko‘krak nishoni mukofotlangan. 2020-yilda A.N.Axmedov Qashqadaryo viloyati taraqqiyotiga qо‘shgan samarali hissasi hamda ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi faol ishtiroki hamda ilmiy-tadqiqot ishlarida ulkan yutuqlarga erishganligi uchun 2021-yil yanvar oyida Qashqadaryo viloyati hokimi Z.Mirzayev tomonidan FAXRIY YORLIQ bilan taqdirlangan. A.N.Axmedov 2019-yilda Vazirlar Mahkamasining “El-yurt umidi” jamg‘armasi tanlovi g‘olibi bо‘ldi va 2019-yil 6-noyabrdan 6-dekabrgacha Rossiya Federatsiyasining Moskva Davlat oziq-ovqat ishlab chiqarish universitetida malaka oshirdi, Shuningdek institut va Moskva Davlat Oziq-ovqat universiteti bilan hamkorlik shartnomasi tuzishga erishdi, aloqalarni davom ettirilib, natijada, ushbu institut olimlari hozirda magistratura yо‘nalishida tahsil olayotgan talabalarimizga ma’ruza о‘tishdi, hamkorlik davom etmoqda. A.N.Axmedov “Mahalliy xom ashyolardan olingan adsorbentlar yordamida paxta moyini qayta ishlash texnologiyasi” va “Past navli paxta chigitlaridan olingan moylarni dastlabki oqlash (yangi) texnologiyasi” nomli innovatsion ishlanmalari bilan V,VIII-Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkalarida ishtirok etdi. Azimjon Axmedov Yoshlarning «Innovatsion g‘oyalar» Respublika ko‘rik-tanlovining “Kimyo texnologiyasi, oziq-ovqat sanoati va farmakologiya” yo‘nalishi bo‘yicha “Mahalliy xom ashyolardan olingan adsorbentlar yordamida past navli va nostandart paxta chigitlaridan olingan moylarni dastlabki oqlash texnologiyasi” nomli innovatsion ishlanmasi bilan ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni egalladi hamda III-darajali diplom bilan taqdirlangan. A.N.Axmedov pedagogik faoliyati davomida jami 153 ta ilmiy-uslubiy ishlarni nashr etgan. Shundan dotsent ilmiy unvonini olgandan keyin (2018-2022 yillar) jami 100 dan ortiq ilmiy uslubiy ish chop etgan, shundan 2 ta darslik, 1 ta o‘quv qo’llanma, 3 ta monografiya, 14 ta OAK e’tirof etgan respublika va xorijiy jurnalarda maqola chop etgan. Shuningdek, 10 ta uslubiy qo‘llanma va 40 dan ortiq uslubiy ko‘rsatmalar nashr etgan va fanlardan ishlab chiqilgan mobil ilova uchun 2 ta Intellektual mulk agentligi tomonidan guvohnoma berilgan. A.N.Axmedov 28.01.2022 yildan boshlab, О‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.04.01 raqamli ilmiy kengash qoshidagi 02.00.17-“Qishloq xо‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari” (texnika fanlari) ixtisosligi bо‘yicha ilmiy seminar a’zosi hisoblanadi va muntazam seminar yig‘ilishlarida qatnashib kelmoqda. A.N.Axmedov tomonidan ilmiy natijalar о‘quv jarayonida, jumladan, “О‘simlik moylarini ishlab chiqarish texnologiyasi” va “Yog‘ va moy texnologiyasining nazariy asoslari fanlaridan nazariy va laboratoriya mashg‘ulotlarini о‘tishda va «Qarshi va Koson yog‘-ekstraksiya» AJlarda 3 ta ilmiy ishlanmasi amaliyotga joriy qilingan. Axmedov Azimjon Normo‘minovich – 2020-yil 19-noyabrda Toshkent kimyo-texnologiya instituti qoshidagi Ilmiy Kengashda “Past navli paxta chigitlaridan yengil rafinatsiyalanadigan forpress moyini ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish” nomli doktorlik dissertasiyasi (DSc)ni muvaffaqiyatli himoya qildi hamda texnika fanlari doktori ilmiy darajasini oldi. 2022-yilda esa professor unvonini qo‘lga kiritdi. Qashqadaryo viloyati hokimligi huzuridagi “Ilmiy texnik kengash” a’zosi hisoblanib, Hokimlik tomonidan e’lon qilinib kelayotgan “Ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda mavjud muammolar yechimiga qaratilgan innovatsion loyihalar tanlovining hay’at a’zosi sifatida ishtirok etib, iqtidorli yoshlarni aniqlashda amaliy yordam ko‘rsatib kelmoqda. Shuningdek, A.N.Axmedov Institut “Maslahat Kengashi” raisi ham hisoblanib, institutning rivojlanishida ulkan hissa qo‘shib kelmoqda. A.N.Axmedov institut qoshidagi Kasbi oziq-ovqat sanoati texnikumida ham yosh avlodga ta’lim tarbiya berib kelmoqda. Shuningdek u viloyatimizdagi maktablar va texnikumlarda kasbga yо‘naltirish ishlarini ham olib borib, yoshlarga kasbga qizqtirish va kelajakda yetuk mutaxassis bо‘lishi bо‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib bormoqda. Azimjon Axmedov - Davlat ilmiy-tadqiqot doirasidagi ishlarda bir necha bor a’zo sifatida qatnashgan va hozirda ham faoliyat olib bormoqda, jumladan, 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan DITD doirasida Toshkent kimyo-texnologiya institutida AM-F3-201908159 sonli amaliy loyihada katta ilmiy xodim, 2021-yil 1-martdan 31-dekabrgacha mo‘ljallangan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida T-OT-2021-174- sonli loyihada katta ilmiy xodim sifatida tadqiqotlar olib bormoqda, shuningdek, 2015-2016 yillarga mo‘ljallangan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida IOT-2015-7-24-“Flotatsion kaliy xloriddan gidroksid, sulfat va nitrat kaliy ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratish” mavzularida davlat grantlarida katta ilmiy xodim, 2012-2014 yillarga mo‘ljallangan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida ITD-12-13 -“Mahalliy xom ashyolardan olingan adsorbentlar yordamida paxta moyini qayta ishlash jarayonini takomillashtirish” mavzusidagi loyihada asosiy ijrochi sifatida faoliyat yuritgan. O‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovnomalarga ko‘ra A.N.Axmedov o‘z kasbini sevadigan, hurmatga sazovor va yuqori saviyali pedagog sifatida ijobiy baholangan, unga mas’uliyatli va fidoyi ustoz deya baho berishgan. U tomonidan olib borayotgan dars jarayonlari tahlil qilinganda darsda zamonaviy o‘qitish usullaridan, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda multimediya resurslaridan foydalanib kelmoqda. Xususan, talabgor tomonidan o‘tiladigan dars jarayonlari tahlil qilinganda barcha darslarda “T-jadval”, “Baliq skeleti”, Aqliy hujum”, “Klaster”, “Blits-so‘rov”, usullaridan va shu bilan birga laboratoriya darslarida bevosita internet resurslaridan ham samarali foydalanib kelmoqda. U o’quv mashg‘ulotlari jarayonida har bir mavzu bo‘yicha slayd, tarqatma materiallardan foydalangan holda mashg‘ulotlarni olib bormoqda. A.N.Axmedov tomonidan tayyorlangan va chop etilgan amaliy mashg‘ulotlar, kurs ishlari, malakaviy amaliyotni bajarish uchun hamda mustaqil ishlarni bajarishga oid o‘quv-uslubiy ishlari talabalarga chuqur bilim berishda va samarali mashg‘ulotlar olib borishda keng qo‘llanib, ular o‘quv jarayonini uslubiyat jihatdan ta’minlashda o‘z hissasini qo‘shmoqda. U institutda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni dars jarayoniga tadbiq etib, o‘qitadigan fanlardan darslik, o‘quv qo‘llanma, o‘quv-uslubiy dasturlar va majmualar tayyorlashda faol ishtirok etib kelmoqda. A.N.Axmedov viloyatdagi 2 ta ishlab chiqarish korxonalari jumladan, Qarshi yog‘-ekstraksiya AJ hamda Koson yog‘-ekstraksiya AJ lari bilan о‘zaro innovatsion koorporativ hamkorlik shartnomalarini tuzgan va bajarilmoqda. Shuningdek, Dunyo-M AJ, “SHAYDO MILK” MCHJ, ASIAN Golden OIL MCHJ, Sanam Exclusive О‘quv markazi NTM lari bilan tuzilgan xo‘jalik shartnomalariga asosan hamda institutda tashkil etilgan kimyo kursi bo‘yicha institut hisob raqamiga 2016-yilda 26 mln., 2018-yilda 13 mln., 2019-yilda 11 mln. 2020-yilda 12 mln., 2021-yilda 10 mln., 2022-yilda 9 mln., 2023-yilda 10 mln.sо‘mga yaqin pul mablag‘lari tushirilgan. A.N.Axmedov 2020-yil 1-noyabrdan boshlab hozigi kunga qadar Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bо‘limi boshlig‘i lavozimida ham faoliyat olib bormoqda. Institutda О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, OО‘MTV ning buyruqlari, institut Kengashi qarorlari, rektor buyruqlari, farmoyishlari ijrolari hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash borasida umumiy nazoratchi va ishlarni tashkil etish bo‘yicha o‘z ishiga mas’uliyat bilan qaraydi. Hozirgi kunda A.N.Axmedov kafedra professori sifatida o‘zining boy tajribasi va ilmiy salohiyatidan kelib chiqqan holda, kafedrada pedagogik, metodik va ilmiy sohalarning muntazam rivojlanishi, jamoa a’zolarining pedagogik ilmiy mahoratini kuchaytirish borasida ham bir qator ijobiy ishlarni bajarib kelmoqda va uning hozirda ko‘plab shogirdlari viloyatimiz ravnaqiga hissa qo‘shmoqda hamda uning rahbarligida o‘nlab shogirdlari doktorlik dissertssiyalari ustida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishmoqda. A.N.Axmedov oilali, 3 nafar farzandi bor.

Raqamlarda

Kuzatuvchilar soni

Fanlar soni

Maqolalar soni

O`quv qo`llanmalar soni

Fanlar

Fan DasturIshchi DasturMajmuaKalendar Reja
Nomi Turi
Ixtisoslikka kirish Fan bo`yicha uslubiy qo`llanma

Maqolalar

Nomi
Effective technology for cleaning mechanical compounds in vegetable oils
Исследование процесса фильтрации растительных масел
Анализ и значения гидротермической переработки зерна перед дроблением и исследования
Совершенствование процесса очистки семян сои
Intensification of process of hydration of soybean oil with use of ultrasonic impact.
Analysis of chlorophylls in low quality cottonseed oil
Research of the process of purification of soy oils greated in the republic of Uzbekistan
Ўсимлик мойларини бирламчи тозалаш жараёнини такомиллаштириш
Оценка роли хранения низкосортных семян хлопчатника на его физико-химические показатели
Estimation of the influence of a clayed adsorbent modified by carbamide on the indicators of granulated cesse based from low-sorted seeds of cotton
Технология получения рафинированного отбеленного форпрессового масла из низкосортных семян хлопчатника
Совершенствование технологии щелочной рафинации прессового масла получаемого из низкосортных семян хлопчатника
Исследование показателей хлопкого масла, полученного методом форпрессования из низкосортных семян хлопчатника
Increasing the technology of lightly refined oil obtained from low-grade cotton seeds
Бентонитовые адсорбенты модифицированные раствором карбамида
Изменения в структуре ядер, мятке и мезги, полученных из высоко и низкосортных семян хлопчатника
Исследование процесса измельчения рушанки из ядер семян хлопчатника различных сортов
Исследование процесса вальцевания ядер семян хлопчатника
Физико-химические показатели форпессового масла, получаемого из низкосортных семян хлопчатника