O`qituvchi haqida

ZUXUROV YIGITALI TOG‘AYEVICH
( Fan nomzodi, PhD - Unvonsiz )
Zuxurov Yigitali Tog‘ayevich 1986 yil 21 noyabrda Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, oilali, bir nafar farzandi bor. 2008 yil Qarshi Davlat universitetining “Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari” ta’lim yo‘nalishini, 2010 yil O‘zbekiston Milliy universitetning “Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturasini bitirgan. O‘zbekiston Respublikasi talabalar olimpiadasida “Geografiya” fani bo‘yicha 2-o‘rin sohibi (2006 yil 19 may). O‘zbekiston Respublikasi bakalavrlari uchun ta’sis etilgan “Ulug‘bek” nomli Davlat stipendiyasi sovrindori (2006 yil 20 oktabr). Y.T.Zuxurov o‘z mehnat faoliyatini 2010 yilda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida boshlagan. 2010-2011 yillarda – Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti “Atrof muhit himoyasi va ekologiya” kafedrasi katta laboranti. 2011-2014 yillarda – Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti “Atrof muhit himoyasi va ekologiya” kafedrasi assistenti. 2014-2016 yillarda - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Atrof muhit himoyasi va ekologiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi 2016-2018 yillarda - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Konchilik ishi va geodeziya” kafedrasi katta o‘qituvchisi. 2018 yildan hozirgi kunga qadar – Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Geologiya va konchilik ishi” fakulteti dekan muovini. 13.00.05-Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bо‘yicha “Dasturiy vositalardan foydalanib, talabalarning kartografik kompetentliligini rivojlantirish metodikasi (5311500-geodeziya, kartografiya va kadastr (qurilish))” mavzusidagi (pedagogika fanlari bо‘yicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini 2023-yilning 28-yanvarda muvaffaqiyatli himoya qildi.
Raqamlarda
Kuzatuvchilar soni
Fanlar soni
Maqolalar soni
O`quv qo`llanmalar soni
Fanlar
Nomi | Turi |
---|