O`qituvchi haqida

XOLMATOVA VAZIRA NARZULLAYEVNA
( Fan nomzodi, PhD - Dotsent )
Xolmatova Vazira Narzullayevna 1987 yil 7 fevralda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida ziyoli oilada tug‘ilgan. 2004 yil Qarshi shahridagi Gafur Gulom nomli 21-о‘rta maktabni tamomlagan. 2005 yil Qarshi davlat universitetining Xorijiy tillar fakultetiga o’qishga kirgan va 2009 yil Ingliz tili mutaxassisligi bo’yicha tamomlagan. 2011 yil Samarqand davlat chet tillar instituti magistraturasiga kirgan va 2013 yil magistraturani Lingvistika (ingliz tili) yo’nalishi bo’yicha tamomlagan. 2020 yildan buyon filologiya fanlari bо‘yicha falsafa doktori. Doktorlik dissertatsiyasini 2020 yilda Samarqand davlat chet tillar instituti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.Fil/Ped.83.01 raqamli ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashning qaroriga asosan “Modal birliklarning gap pragmatic mazmunini ifodalash imkoniyatlari” (ingliz tili materiali asosida) mavzusida 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi bо‘yicha himoya qilgan. Pedagogik ish staji - 11 yil. Ilmiy izlanishlar natijasida 31 ta ilmiy ish e’lon qilgan, shulardan, 30 ta ilmiy maqola, 1 ta monografiya va 5 ta o’quv- uslubiy ishlar chop ettirgan. U 2013 yildan buyon Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutining “Tillarni o’qitish” kafedrasida o’qituvchi assistent sifatida ish faoliyatini boshlagan.2020 yil “Xorijiy tillar” kafedrasi katta о‘qituvchisi lavozimida ishlagan. V.N.Xolmatova 2020 yil Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektorining buyrug‘iga asosan “Xorijiy tillar” kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi lavozimida va 2021 yildan hozirgacha “Xorijiy tillar” kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda. Mehnat faoliyati davomida talabalarga “Xorijiy til”, “Amaliy ingliz tili ” fanlaridan dars berib, ularning kelgusida yetuk mutaxassislar bо‘lib yetishiga о‘z hissasini qо‘shmoqda.
Raqamlarda
Kuzatuvchilar soni
Fanlar soni
Maqolalar soni
O`quv qo`llanmalar soni