O`qituvchi haqida

BURIYEVA SURAYYO ZAYLIYEVNA

BURIYEVA SURAYYO ZAYLIYEVNA

( Darajasiz - Unvonsiz )

Bo‘riyeva Surayyo Zayliyevna 1982 yil 15 noyabrda Qashqadaryo viloyati Koson tumani Bo‘lmas qishlog‘ining Etak mahallasida tug‘ilgan. Otasi - Bo‘riyev Zayli qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritib ko‘p yillar davomida xo‘jalikda brigada boshlig‘i bo‘lib xizmat qilgan. Onasi - Bo‘riyeva Zaynab uy bekasi bo‘lishiga qaramasdan adabiyotni yaxshi ko‘rgan, ilmli ayollarni juda hurmat qiladigan va qizlarini albatta o‘qimishli qilishni orzu qilgan. 1989 yilda Koson tumanidagi 32-o‘rta maktabiga 1 sinfga o‘qishga chiqdi. 1999 yilda maktabni a’lo baholarga bitirib Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutiga hujjat topshirdi va Texnologiya fakultetining Agronomiya yo‘nalishiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilindi. U talabalik davrida o‘zining bilimga chanqoqligi, intilishi, qiziquvchanligi bilan ajralib turardi. Jamoat ishlarida ham o‘zining tashkilotchiligi, faolligini ko‘rsata oldi. Bakalavriatda tahsil olish davomida fakultet va institut miqyosida o‘tkaziladigan tadbirlarda yetakchi talabalar safida ishtirok etib keldi. Respublika miqyosida o‘tkaziladigan konferensiyalarda va fan olimpiadalarida bir necha bor ishtirok etib faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. S.Z.Bo‘riyeva bakalavriat bosqichini 2003 yilda imtiyozli diplom bilan tamomladi va unda o‘qishni magistratura bosqichida davom ettirish istagi tug‘ildi. Bakalavr diplomini olishi bilanoq o‘z yo‘nalishiga magistratura bosqichiga hujjatlarini topshirdi. Imtihonlarni a’lo baholarga topshirib davlat granti asosida magistraturaga o‘qishga qabul qilindi. Magistraturada tahsil olish davomida “Kuzgi bug‘doyning “Umanka” va “Kupava” navlarining ekish me’yori, muddati va hosildorligi” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordi. Ilmiy jurnallar va respublika miqyosida o‘tkazilgan konferensiyalar, ilmiy-amaliy anjumanlar to‘plamlarida maqolalar chop ettirdi. 2005 yilda magistratura bosqichini imtiyozli diplom bilan tugatdi Magistraturani tugatib Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti Texnologiya fakultetining Agronomiya kafedrasida laborant vazifasida mehnat faoliyatini boshladi. 2006-2010 yillarda Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti qoshidagi litsey-internatda tarbiyachi bo‘lib ishladi. 2010-2012 yillarda Koson tumanidagi 31-o‘rta maktabda o‘qituvchi vazifasida faoliyat ko‘rsatdi. 2012-2017 yillarda Qashqadaryo viloyati Paxtasanoat uyushmasi tarkibidagi Ta’mirlovchi ma’suliyati cheklangan jamiyatga material hisobchi lavozimida xizmat qildi. 2017 yil sentabr oyidan boshlab Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasida o‘qituvchi vazifasida ishlab kelmoqda. Mehnat staji 16 yil, shundan ilmiy-pedagogik mehnat staji 6 yil. Bo‘riyeva Surayyo Zayliyevna “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasida o‘ziga biriktirilgan “Botanika va o‘simliklar fiziologiyasi”, “Biologiya”, “Dehqonchilik va melioratsiya”, “O’simlikshunoslik” va “Mutaxassislikka kirish” fanlaridan talabalarga o‘quv mashg‘ulotlari olib borish bilan birga, mazkur fanlardan o‘quv-uslubiy qo‘llanma va ko‘rsatmalar tayyorlagan. U ishlash jarayonida o‘zining doimiy yangiliklarga intiluvchanligi, darslarni o‘tish vaqtida yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llashi borasida talaba yoshlar o‘rtasida yaxshi ustoz va mahoratli pedagog sifatida hurmat-ehtiromga sazovor bo‘lib kelmoqda. Institut va fakultet tomonidan topshirilgan ishlarni o‘z vaqtida sifatli darajada bajarib kelmoqda. Xususan, “Yangi O’zbekiston-yangicha dunyoqarash” ruknida o‘tkazilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etdi, Oliy talim muassasalari va maktablar hamkorligi bo‘yicha kafedraga biriktirilgan Koson tumanidagi bir nechta maktablarda uchrashuvlarni tashkil etishda, OTM va mahalla hamkorligi bo‘yicha Qarshi shahar, Paxtazor mitti tumani, Oydin mahallasida yashovchi kam ta’minlangan va boquvchisini yo‘qotgan oilalar holidan xabar olish hamda moddiy va ma’naviy ko‘mak berish ishlarini amalga oshirishda, Mehribonlik va Muruvvat uylarida yashovchi bolalarga ma’naviy-ruhiy dalda bo‘lish uchun turli tadbirlar tashkil etishda, homiylik yordamlari ko‘rsatilishida o‘zining faolligini namoyon etgan. U viloyatda “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili ostida Muborak tumani “Qarliq” mahalla fuqarolar yig‘iniga biriktirilgan bo‘lib mahallada tashkil etiladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda, aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlarni hayotda o‘z o‘rinlarini topishda ma’naviy ko‘makchi sifatida o‘z tavsiya va maslahatlarini berib kelmoqda. S.Z.Bo‘riyeva respublika va institut miqyosidagi tanlovlarda ishtirok etib keladi, shu jumladan “O’zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” III Respublika tanlovida “Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti qoshida “Kelajak poydevori” nomli innovatsion bolalar bog‘chasini tashkil etish” nomli biznes loyihasi bilan ishtirok etib respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va “Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi” tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlangan. Institut murabbiylari o‘rtasida o‘tkazilgan “Esselar tanlovi”da qatnashib faxrli o‘rinni egallagan. Bo‘riyeva Surayyo Zayliyevna o‘z kasbini puxta egallash uchun o‘z ustozlari va mahoratli pedagoglarning tajribalariga tayangan holda pedagogik izlanishlar va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Hozirda u 06.01.08-O’simlikshunoslik ixtisosligi bo‘yicha “Qashqadaryo viloyati sharoitida havo haroratiga bog‘liq holda yangi defoliantlarning samaradorligini baholash” mavzusida (PhD) doktorlik dissertatsiyasi ustida tajribalar o‘tkazayapti. Tajriba natijalari bo‘yicha respublika va xorijiy nashrlarda maqola va tezislar chop etib kelinmoqda. Oilali, 3 nafar farzandi bor.

Raqamlarda

Kuzatuvchilar soni

Fanlar soni

Maqolalar soni

O`quv qo`llanmalar soni

Fanlar