O`qituvchi haqida

ESHONKULOV UCHKUN XUDAYNAZAR O‘G‘LI

ESHONKULOV UCHKUN XUDAYNAZAR O‘G‘LI

( Darajasiz - Unvonsiz )

Eshonqulov Uchqun Xudaynazar o‘g‘li 1991 yil 24 okyabrda Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida tavallud topgan. 1998 yilda mazkur tumandagi 17-sonli o‘rta ta’lim maktabiga o‘qishga borgan. 2005 yilda G‘uzor tumanidagi 68-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internatida o‘qishni davom ettirgan. 1998-2007 o‘quvchilik yillari davomida muntazam ravishda matematika, fizika va geografiya fanlaridan fan olimpiadalarida tuman va viloyat bosqichlarida faxrli o‘rinlarni egallagan. Bo‘lajak olim Uchqun Eshonqulovga maktabda ustozlari G.Qaraxonova, I.Hamrayev, A.Qurbonov, D.Fayziyeva, A.Norqobilova va A.Tilovovlar ilm saboqlarini bergan. Uchqun Eshonqulov 2007 yilda maktab internatini tamomlab, 2007-2010 yillar mobaynida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti qoshidagi 2-akademik litseyida ustozlari M.Rajabov, R.Qayumov va E.Maxmanov kabi ustozlaridan olgan bilimlari evaziga 2010 yilda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Neft va gaz fakulteti, Konchilik ishi ta’lim yo‘nalishiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilindi. Konchilik sohasini katta qiziqish bilan o‘rgandi, bunda unga ustozlari Y.Karimov, B.Donayev, B.Eshmatov, J.Qurbonov, X.Eshqobilov va O‘.Nosirovlar ilm sirlarini o‘rgatdilar. Buning natijasi o‘laroq 2014 yilda mazkur intitutni imtiyozli diplom bilan muvaffaqiyatli tamomlab, ilm olish yo‘lida o‘z oldiga ulkan maqsadlar qo‘yib, poytaxtga yo‘l oldi. Poytaxtda o‘qish orzusi uni Toshkent davlat texnika universitetiga yetakladi. Mazkur universitetni 2016 yilda Foydali qazilmalarni boyitish mutaxassisligi bo‘yicha muvaffaqiyatli tamomlashida unga ustozlari O‘.Nosirov, F.Umarov, I.Umarova va X.Axmedovlarning o‘rni beqiyos. Zero ular bergan bilimlar kelajakda akademik, Abdurashid Hasanov maktabi a’zosi bo‘lish, Respublikamizning eng ko‘zga ko‘ringan salohiyatli yosh olimlari safiga kirishdek ulkan muvaffaqiyatga erishishida dasturulamal bo‘ldi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. 2016 yildan boshlab Qarshi muhandislik- iqtisodiyot instituti Geodeziya va konchilik ishi kafedrasida stajer-assistent lavozimida, 2017 yildan 2020 yilgacha assistent lavozimida ishladi, 2020-2021 Yillarda Konchilik ishi kafedrasida assistent lavozimida ishladi, 2021 yil 12 oktabrdan boshlab kafedra katta o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritib kelmokda. U.X.Eshonqulov pedagogik faoliyat bilan bir qatorda ishlab chiqarishdan uzilmagan xolda muntazam ravishda ishlab chiqarish korxonalarida stajirovkalarni o‘tadi. Xususan, Dehqonobod kaliy zavodi, Xandiza polimetall rudalar konlarida qiska muddatli stajirovkalarni o‘tadi. Shuningdek, 2021 yil Innovatsion rivojlanish vazirligining Yosh olimlarni qisqa muddatli xorijiy stajirovkalarga yuborish dasturi asosida o‘tkazilgan tanlovda g‘olib bo‘lib, oktyabr-noyabr oylarida Belarussiya Respublikasining Minsk shahridagi Belarussiya Milliy texnika universitetida stajirovkasini o‘tab qaytdi. U.Eshonqulov ilmiy va uslubiy faoliyati natijasida 80 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar muallifidir, bundan 50 dan ortiq ilmiy maqolalar va tezislar, 20 ga yaqin uslubiy qo‘llanma va ko‘rsatmalar, 4 ta o‘quv qo‘llanma va darslik, 3 ta monografiya va 4 ta mualliflik guvohnomalari muallifidir. Qashqadaryo viloyati O‘zbekiston Adolat Sotsial Demokratik partiyasi G‘uzor tuman kengashi a’zosi. Ustozi Akademik, Abdurashid Hasanov Soliyevich rahbarligida Temir tarkibli xomashyolardan emir va uning qotishmalarini ajratib olish texnologiyasini yaratish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda.

Raqamlarda

Kuzatuvchilar soni

Fanlar soni

Maqolalar soni

O`quv qo`llanmalar soni

Fanlar