O`qituvchi haqida

FAYZIYEV TULKUN AMIROVICH
( Fan nomzodi, PhD - Dotsent )
Fayziyev To'lqin Amirovich 1962-yil 1-iyulda Qarshi shahrida tug'ilgan. 1969-yilda Kasbi tumanidagi K.D.Ushenskiy nomli 7-sonli maktabning 1-sinfiga qabul qilingan. 1978-80-yillarda Toshkent shahrida joylashgan 2-industrial pedagogika texnikumida o'qigan va imtiyozli diplom bilan tugatgan. 1982-yilda Qarshi davlat pedagogika institutiga o'qishga kirgan, 1-kursni tugatib, 1983-85-yillarda harbiy xizmatda bo'lgan. 1985-89-yillarda Qarshi davlat pedagogika institutida o'qishni davom ettirib, 1989-yilda imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 1989-yildan Qarshi davlat pedagogika instituti "Mashinashunoslik" kafedrasi o'qituvchisi, 1992-94-yillarda O'zRFA Energetika va avtomatika instituti stajyor tadqiqotchisi, 1996-yil 6-dekabrda O'zRFA Energetika va avtomatika instituti qoshidagi ixtisoslashgan kengashda professor A.B.Vardiyashvili rahbarligida "Lotok, tuproq substratli issiqlik akkumulyatorli tuproq ostidan sug'oriladigan tizimlarda issiqlik massa almashinuv jarayonlarini tadqiq qilish" mavzusida nomzodlik ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 1996-2009-yillarda Qarshi davlat universiteti "Issiqlik energetikasi" kafedrasida dotsent v/b lavozimida ishlagan. 2010-yildan-2014-yilgacha Qarshi davlat universiteti xodimlari kasaba uyushma qo'mitasi raisi, 2014-2015-yillarda "Kasbiy ta'lim" fakulteti dekani, 2015-2017-yillarda Qarshi davlat universiteti qoshidagi qayta tayyorlash va malaka oshirish markazi "Umumta'lim" kafedrasi mudiri, 2017-yildan hozirgi kunga qadar Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining "Issiqlik energetikasi" kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
Raqamlarda
Kuzatuvchilar soni
Fanlar soni
Maqolalar soni
O`quv qo`llanmalar soni
Fanlar
Nomi | Turi |
---|---|
YDA savollari(Issiqlik va massa almashinuv jarayonlari va qurilmalari-O'zbekcha) | Qo'shimcha ma'lumotlar |
YDA savollari(Issiqlik va massa almashinuv jarayonlari va qurilmalari-ruscha) | Qo'shimcha ma'lumotlar |
YDA savollari(Yoqilg'i yoqish va suv tayyorlash texnologiyasi-O'zbekcha) | Qo'shimcha ma'lumotlar |
YDA savollari(Yoqilg'i yoqish va suv tayyorlash texnologiyasi-ruscha) | Qo'shimcha ma'lumotlar |
YDA savollari(Qozon qurilmalari-O'zbekcha) | Qo'shimcha ma'lumotlar |
YDA savollari(Qozon qurilmalari-ruscha) | Qo'shimcha ma'lumotlar |
YDA savollari(Bug'-gaz qurilmalari-O'zbekcha) | Qo'shimcha ma'lumotlar |
YDA savollari(Bug'-gaz qurilmalari-ruscha) | Qo'shimcha ma'lumotlar |
YDA savollari(Issiqlik ta'monoti va issiqlik tarmoqlari-O'zbekcha) | Qo'shimcha ma'lumotlar |
Nomi | Turi |
---|
Nomi | Turi |
---|