O`qituvchi haqida

XAMRAYEVA SAYYORA NASIMOVNA
( Fan doktori, DSc - Professor )
Xamrayeva Sayyora Nasimovna, 1976 yil Qarshi shahar ziyolilar oilasida tug‘ilgan, millati o‘zbek, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, “Innovatsion iqtisodiyot” kafedrasi mudiri. S.N.Xamrayeva 1993 yilda Qarshi shahridagi 12-o‘rta maktabni “Imtiyozli baholar” bilan yakunlab, shu yili Qarshi agrar-iqtisodiyot institutining “Iqtisodiyot” fakultetiga o‘qishga kirdi va 1998 yilda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutini “ASM tarmoqlari iqtisodi va uni boshqarish” mutaxassiligi bo‘yicha tugatgan. 2002 yildan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi assistenti, 2008-2013 yillarda “Iqtisodiyot” kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2013 yildan “Iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti va 2020 yil 1-maydan kafedra professor v.v.b va 2020 yil 2 iyuldan hozirgigi vaqtgacha “Innovatsion iqtisodiyot” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. S.N.Xamrayeva 2009 yilda 08.00.04 - “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” - ixtisosligi bo‘yicha Bank-moliya akademiyasi huzuridagi Birlashgan ixtisoslashgan kengashda “Qishloq xo‘jaligi infratuzilmasini rivojlantirish yo‘llari (Qashqadaryo viloyati misolida)” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini , 2020 yilda “Qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘ratuvchi infratuzilmani innovatsion rivojlantirish yo‘llari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2014 yilda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Ilmiy Kengashining tavsiyasiga ko‘ra Oliy Attestatsiya Komissiyasining xulosasiga ko‘ra “Dotsent” df 2022 yilda “Professor” ilmiy unvonida tasdiqladi. Umumiy ish staji – 29 yil, ilmiy va pedagogik ish staji – 20 yil. S.N.Xamrayeva tomonidan hammualliflikda tayyorlangan va chop etilgan “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti”, “Qishloq xo‘jaligi infratuzilmasi iqtisodiyoti” va “Raqamli iqtisodiyot”, “Iqtisodiy o‘sish” nomli darslik va o‘quv qo‘llanmalari, amaliy mashg‘ulotlar, kurs ishlari, malakaviy amaliyotni bajarish uchun hamda mustaqil ishlarni bajarishga oid o‘quv-uslubiy ishlari talabalarga chuqur bilim berishda va samarali mashg‘ulotlar olib borishda keng qo‘llanib, ular o‘quv jarayonini uslubiyat jihatdan ta’minlashda o‘z hissasini qo‘shmoqda. U institutda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni dars jarayoniga tadbiq etib, o‘qitadigan fanlardan o‘quv-uslubiy dasturlar va majmualar tayyorlashda faol ishtirok etib kelmoqda. S.N. Xamrayeva o‘z pedagogik faoliyati davomida 220 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlarni e’lon qilgan, shulardan 3 ta darslik, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 5 ta monografiya, 30 dan ortiq xalqaro impakfaktorli xorijiy jurnallarda maqolalar chop etgan. Yangilikka va ilmga bo‘lgan qiziqishi ularoq, respublika va xalqaro miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlarda faol ishtirok etadi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasining grant sovrindori sifatida Rossiya Federatsiyasining Moskva Davlat Universitetida “Axborot texnologiyalari” bo‘yicha malaka oshirgan va tegishli malaka sertifikatini olgan. Xalqaro grant hisobidan Ispaniyaning Kanar orollarida joylashgan Tenerif oliy ta’lim muassasalarida “Ayol professor-o‘qituvchilarning OTM modernizatsiyalashda roli” nomli ilmiy seminarida ishtirok etib, stajirovkadan o‘tgan. Hozirgi kunda ham doimiy ravishda Belorussiya, Rossiya, Ukraina va MDHning boshqa mamlakatlarida o‘tkaziladigan turli xalqaro anjumanlarda o‘z ilmiy maqolalari ishtirok etib kelmoqda. Ilmiy-pedagogik faoliyati davomida jami 35 ta bakalavrlarga, 12 ta magistrlarga ilmiy rahbarlik qilgan. Hozirgi kunda 1 ta stajyor tadqiqotchi, 3 ta mustaqil-izlanuvchi va 5ta magistrga ilmiy rahbarlik qilib kelmoqda.snxamrayeva
Raqamlarda
Kuzatuvchilar soni
Fanlar soni
Maqolalar soni
O`quv qo`llanmalar soni
Fanlar
Nomi | Turi |
---|---|
DAK | Qo'shimcha ma'lumotlar |
iqtisodiy nazariya | Fan bo`yicha darslik |
iqtisodiy nazariya | Fan bo`yicha darslik |
iqtisodiy nazariya | Fan bo`yicha darslik |
Iqtisodiyot nazariya fanidan tarqatma materiallar | Qo'shimcha ma'lumotlar |
Nomi | Turi |
---|---|
raqamli iqtisodiyot | Fan bo`yicha darslik |
raqamli iqtisodiyot | Fan bo`yicha darslik |
raqamli iqtisodiyot | Fan bo`yicha o`quv qo`llanma |
raqamli iqtisodiyot fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun UQ | Fan bo`yicha o`quv qo`llanma |
Raqamli O'zbekiston-2030 | Qo'shimcha ma'lumotlar |
raqamli iqtisodiyot UQ amaliy mashg'ulot uchun | Fan bo`yicha o`quv qo`llanma |
raqamli iqtisodiyot fanidan tarqatma materiallar | Qo'shimcha ma'lumotlar |
Nomi | Turi |
---|---|
unfratuzilma iqtisodiyoti | Fan bo`yicha darslik |
unfratuzilma iqtisodiyoti | Fan bo`yicha darslik |
Ijtimoiy soha iqtisodiyoti | Fan bo`yicha darslik |