O`qituvchi haqida

SAMATOVA SHOYIRA YO‘LDOSHEVNA
( Darajasiz - Dotsent )
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Energetika fakulteti “ Issiqlik energetikasi” kafedrasi dotsenti Samatova Shoyira Yo‘ldashevna Samatova Shoyira Yo‘ldashevna 1967 yil 25 iyulda G’uzor tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek.Hozirgi vaqtda Qarshi shahar Xudoyzod MFY Pushtibog’ ko’chasi 23 uy. 1987-1992 yy. - Toshkent davlat texnika universiteti talabasi 1992-1993 yy. - Tallimarjon issiqlik elektr stansiyasi nazoratchi-mashinisti, ishlab chiqarish texnik bo‘limi texnigi 1993-2002 yy. - Qarshi politexnika texnikumi issiqlik energetika mutaxassisligi o‘qituvchisi 2002-2007 yy. - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti issiqlik energetikasi kafedrasi assistenti 2007-2020 yy. - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti issiqlik energetikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi 2020-yil 25-fevraldan “Issiqlik energetikasi” kafedrasida dotsenti vazifasida ishlab kelmoqda. 2019 yildan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti “Issiqlik energetikasi va AES” kafedrasi professori v.v.b., t.f.d. Babaxodjayev Raximjon Pachexanovich rahbarligida “Повышение эффективности работы ГТУ с когенерацией путем использования теплоты уходяших газов в котла агрегатах отопительной системы” mavzusidagi PhD dissertatsiyasi ustida ilmiy izlanish olib bormoqda. Sh.Y.Samatova ta’lim jarayonida belgilab berilgan vazifalarni hayotga tadbiq etishda xususan, respublikamiz iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashda faol mehnat qilish bilan birga o‘quv-uslubiy jarayonni tashkil etish, ta’lim va tarbiyaning uzviyligini ta’minlash, ilmiy-uslubiy jarayonni tashkil etish, ta’lim va ilmiy-tadqiqot uzviyligini ta’minlash borasida fidokorona mehnat qilib kelmoqda. SH.Y.Samatova “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi tanlovi” ning 1-bosqichida “Mutaxassisligi bo‘yicha eng yaxshi pedagog”nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘ringa loyiq deb topilib, respublika tanlovi bosqichida qatnashgan. O‘tkazilgan sotsiologik so‘rovlar Sh.Y.Samatova o‘z kasbiga fidoyi, o‘z kasbini sevadigan, hurmatga sazovor va yuqori saviyali pedagog ekanligini ko‘rsatdi va ishi ijobiy baholangan. SH.Y.Samatova pedagogik faoliyat bilan birga jamoatchilik ishlarida ham faol ishtirok etadi. U institut hamda viloyat, shahar miqyosida o‘tkaziladigan ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarida faol ishtirok etib kelmoqda va institutda muntazam ravishda tashkil etib boriladigan “Fan olimpiadalari”da issiqlik energetikasi yo‘nalishi bo‘yicha iqtidorli talabalarini aniqlashda amaliy yordam ko‘rsatib kelmoqda. Shuningdek, Sh.Y.Samatova kafedrada tashkil etilgan “Yosh energetiklar” to‘garagiga rahbarlik qilish bilan birga to‘garak tarkibiga kirgan iqtidorli talabalarning o‘z ilmiy mavzulari bo‘yicha olib borayotgan ishlarini doimiy nazorat qilib boradi, ularga mavzulariga oid adabiyotlardan va internet ma’lumotlaridan foydalanish, ishlariga axborot texnologiyalarni qo‘llash, slaydlar yaratish, grafiklar chizish, hisob-kitob ishlarini olib borish, kompyuter savodxonligini oshirish bo‘yicha kerakli tavsiyalar berib kelmoqda. Sh.Y.Samatova shaxsan rahbarligida 2 nafar talaba “Yil talabasi” g‘olibi, 3 nafar talaba Beruniy nomli davlat stependianti bo‘ldi. SH.Y.Samatova pedagogik faoliyati davomida muntazam ravishda “Issiqlik energetikasi” kafedrasi akademik guruhlariga murabbiylik qilib kelmoqda va institut Murabbiylar kengashi tomonidan tasdiqlangan dastur asosida har haftada “Murabbiylik soatlarini” va ustoz-murabbiy sifatida talabalar bilan doimiy ravishda ma’naviy- tarbiyaviy ishlarni yuqori saviyada olib bormoqda. “Yoshlar bizning kelajagi”, “O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi”, “Biz korrupsiyaga qarshimiz” kabi davra suhbatlarini muntazam holda tashkil qilib kelmoqda va bu boradagi fikrlarini talabalar bilan muhokama qilib, tushuntirish ishlarini olib bormoqda. Talabalar turar joyida joylashgan talaba qizlar o‘rtasida “Bilimli qiz –jamiyat tayanchi” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatida “Issiqlik energetikasi” kafedrasi dotsent v.b Sh.Y.Samatova “Gender tenglik – teng huquqlilik” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazdi. Bundan tashqari, joriy iylda institut professor xotin-qizlari ishtirokida o‘tkazilgan “Ayol salomatligi – jamiyat boyligi” sport musobaqasida ham faol ishtirok etdi. Sh.Y.Samatova “Issiqlik energetikasi” bakalavr ta’lim yo‘nalishi iqtidorli talabalariga ham ilmiy rahbarlik qilib kelmoqda. Uning iqtidorli talabalarning ilmiy mavzularda olib borgan ishlariga ilmiy maslahatchi sifatida faoliyat olib borishi bilan birga shaxsan rahbarligida kafedra talabalaridan O.B.Xomitjanov, A.U.Mirzayev, O.I.Nurmanov O‘zbekiston Respublikasi bakalavrlari uchun ta’sis etilgan Beruniy nomli Davlat stipendiyasi tanlovi g‘olibi bo‘lgan. 2002-2021 o‘quv yillari davomida talabgor tomonidan jami 50 nafardan ortiq talabalar bakalavrlik bitiruv malakaviy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilishgan. Sh.Y.Samatova kafedrada oliy ta’lim-ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada mustahkamlash, hamda budjetdan tashqari mablag‘lar topish maqsadida Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida bajarilishi 2015-2018 yillarga mo‘ljallangan “Project 544573-TEMPUS-I-2013-I-BG-TEMPUS-JPaYES “Towards the Modernization of Higher Education Institutions in Uzbekistan” (MATCHES) IP2- “Salohiyatni oshirish tadbirlarini tuzish va amalga oshirish” loyihasida qatnashgan. 2016-2017 yillarga mo‘ljallangan “Saydullayev Ruzimurod Abdixakimovich” fermer xo‘jaligidan OT-Atex-2016 “Quyoshli suv isitgich qurilmalari asosida issiqxonalarning avtonom issiqlik ta’minoti tizimini ishlab chiqish” mavzusidagi loyihani amalga oshirish natijasida 1112227 mln. so‘mlik mablag‘li ish bajarilib institut g‘aznasiga tushirilgan. 2021-2022-yillarga mo‘ljallangan Qashqadaryo viloyati qarshi shahridagi “Issiqlik manbai” birlashmasi DUKdan “ Gaz turbina qurilmali mini issiqlik elektr markazi loyihasini ishlab chiqish” mazusidagi 4 mln. so‘mlik amaliy loyihani bajarishda rahbar, bosh ilmiy xodim sifatida ishtirok etib kelinmoqda. (2021 yil 18-may. 330/M. QarMII rektori buyrug‘i). Loihani amalga oshirish uchun AVTOCAD dasturida gaz turbina qurilmali mini issiqlik elektr markazining vaqtinchalik tuzilgan ishchi guruh bilan bosh loyixasi ishlab chiqilgan va joriy etish uchun taqdim etilgan. Institut bilan “Tallimarjon IES” AJ o‘rtasida 2020-yil 18-martda tuzilgan “Tallimarjon IES” AJ normativ-texnik hujjatlarini o‘zbek tilida tayyorlash” mavzusidagi №1/tepl.energ.2020-sonli 100 mln/so‘mlik xo‘jalik shartnomasini bajarish maqsadida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektorining 2020-yil 15-apreldagi №341/T sonli “Xo‘jalik shartnomasini bajarish uchun vaqtinchalik ilmiy-ijodiy guruh tuzish to‘g‘risida”gi buyrug‘ida katta ilmiy xodim sifatida kiritilgan.Tallimarjon IESi rahbariyati tomonidan faxrli yorliq bilan taqdirlangan. SH.Y.Samatova Qashqadaryo viloyati xotin-qizlar qo‘mitasi Qashqadaryo viloyati “Ixtirochi ayollar” uyushmasi “O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” II Respublika tanlovi mutlaq g‘olibi, Granpri sohibasi bo‘lgan. “O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan 2019 yil 13-18-may kunlari Toshkent shahridagi Inha Universitetida tashkil etlgan “INNOWOMENWEYEK” xotin-qizlar innovatsiya haftaligida, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 2020 yil 3-8-noyabr kunlari tashkil etilgan xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligida ishtirok etib, sertifikatlar bilan taqdirlangan. Shuningdek, “Ispolzovaniye teploti uxodyashix dimovix gazov gazoturbinnix ustanovok v kotlax utilizatorax dlya sistem teplo i elektrosnabjeniya” nomli loyihasi 2019 yil 19-fevralda Viloyat “Issiqlik manbai” birlashmasi tomonidan tasdiqlangan., magistrlik, bakalavr, darajalarida dissertasiyalarida issiqlik energetik qurilma va uskunalarni hisoblash uchun 11 ta dasturiy ishlanmaga kichik patent guvohnomasi olingan. SH.Y.Samatova o‘z pedagogik faoliyati davomida yoshlarga bilim berib kelish bilan bir qatorda, ularni ma’naviy yetuk kadrlar qilib tarbiyalashda faol ishtirok etib kelmoqda va bu borada bir qator muvaffaqiyatlarga erishgan, xususan: - 2017 yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” munosabati bilan institutda “Sport-salomatlik garovi” shiori ostida o‘tkazilgan sport musobaqasida faol ishtiroki uchun institut rektori tomonidan “Faxriy yorliq” bilan taqdirlangan; -2018-2019 o‘quv yilida institut o‘quv jarayonidagi faolligi, zamonaviy pedagogik va axborot–kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda pedagogik faoliyat olib borayotganligi, hamda o‘quv yili davomida qator darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratishdagi muvaffaqiyatli ishtirokini inobatga olib, hamda 1-oktabr “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” umumxalq bayrami munosabati bilan institut rektori tomonidan “Faxriy yorliq” bilan taqdirlangan; -SH.Y.Samatova Qashqadaryo viloyati xotin-qizlar qo‘mitasi Qashqadaryo viloyati “Ixtirochi ayollar” uyushmasi “O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” II Respublika tanlovi mutlaq g‘olibi, granpri sohibasi bo‘lgan. “O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi”, “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi” va “O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi” tomonidan 2019 yil 13-18-mart kunlari tomonidan Toshkent shahridagi Inha Universitetida tashkil etlgan uyushmasi “O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” II Respublika tanlovi “ Eng yaxshi ixtiro” nominatsiyasi boyicha Respublika xotin – qizlar qo‘mitasi tomonidan 1-darajali diplom va granpri bilan taqdirlangan. - 2019 yil mart-aprel oylarida yangi tizim asosida tashkil etilgan TDTU qoshidagi PKQT va MO tarmoq markazida malaka oshirish kurslari o‘quv jarayonlaridagi faolligi, hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda jonbozlik ko‘rsatganligini inobatga olib, unga rahbariyat tomonidan “Faxriy yorliq” berilgan. - 2019-2020 o‘quv yilida institut o‘quv jarayonidagi faolligi, malakali kadrlar tayyorlashda zamonaviy pedagogik va axborot – kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ma’ruza kurslarini, amaliy mashg‘ulotlarini o‘quv-uslubiy manbalar bilan ta’minlangan holda va yuqori ilmiy saviyada olib borayotganligini, hamda o‘quv yili davomida qator darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratganligi va talabalar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlaridagi muvaffaqiyatli ishtiroki munosabati bilan institut rektori tomonidan “Faxriy yorliq” bilan taqdirlangan; - 2019-2020 o‘quv yilida talabalar o‘rtasida “Talaba-yoshlarni huquqiy savodxonligini oshirish, ularni sog‘lom va barkamol avlod qilib tarbiyalash” va “Talaba-yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish ”, “Talaba-yoshlarni turli diniy ekstrimestik oqimlar ta’siridan saqlash asosiy vazifamiz”, “Biz korrupsiyaga qarshimiz” kabi mavzular bo‘yicha olib borgan doimiy davra suhbatlarini, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlaridagi faol ishtirokini inobatga olib institut “Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor”i tomonidan “Tashakkurnoma” bilan taqdirlangan. - Shuningdek, 2017-2018, 2018-2019, 2019-2020,2021-2022 o‘quv yillarida o‘quv jarayonidagi faolligi, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalangan holda pedagogik faoliyat olib borayotganligi, hamda o‘quv yillari davomida qator darslik, o‘quv qo‘llanmalar, yaratishdagi ishlarini, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlaridagi talabalarni malaka va bilim ko‘nikmalarini mustahkamlash,ta’lim va fan integrasiyasini amaliyot bilan bog‘lasn maqsadida talabalar birgalikda sanoat korxonalariga ekskursiyalar tashkil etgan va QarMII vaqtli matbuotidab,OAVda yoritilganligi, mutaxassis pedagogik, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlaridagi faol ishtirokini inobatga olib, institut rahbariyati tomonidan qator “Tashakkurnoma”lar bilan taqdirlangan.Yurtboshimiz Sh.M .Mirziyoyev farmoniga asosan tashkil etilgan “ Bir ziyoli - bir mahallaga homiy “ farmoniga binoan ” Yilning eng faol ziyolisi” tanloviga Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridagi “Hudoyzod” MFYda ma’naviy ma’rifiy, uyushmagan yoshlar bilan ishlashdagi tajribalari Qarshi shahar bosqichida I- o‘ringa loyiq topilgan bo‘lsa ,viloyat bosqicida III- o‘ringa loyiq topilib diplom bilan taqdirlandi. SH.Y.Samatova ilmiy-pedagogik faoliyati davomida 143 ta ilmiy- uslubiy ishlar chop qilingan, shulardan 2 ta darslik, 8 ta o‘quv qo‘llanma, 93 ta ilmiy maqola va 44 ta o‘quv-uslubiy ishlaridir. Dissertatsiya mavzusiga oid 2 ta ilmiy loyiha ishlab chiqilgan. Jami ilmiy maqolalar 93 ta, shundan respublikada OAK e’tirof etgan jurnallarda 4 ta maqola, xalqaro jurnallarda 18 ta, xalqaro anjumanlarda 21 ta maqola, respublika ilmiy amaliy anjumanlarida 50 ta maqola chop etilgan. Yuqorida ko‘rsatilgan fanlar bo‘yicha “AVTOPLEY“ dasturida o‘quv uslubiy majmualar tayyorlangan hozirgi vaqtda o‘quv jarayonida foydalanilmoqda. “Issiqlik energetikasi” kafedrasi yig‘ilishi va Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Kengashi Sh.Y.Samatovaning 28 yillik ilmiy-pedagogik ish staji, shuningdek ilmiy pedagogik ishlaridagi samarali faoliyati, tashkilotchi va o‘z kasbining yetuk mutaxassisi,Koreya ixtirochi ayollar asosatsiyasi tomonidan oltin medal va diplom bilan taqdirlangan. Issiqlik energetikasi kafedrasi dotsenti Sh.Y.Samatovani jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan, har jihatdan ibratli xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni ta’minlash borasida olib borilayotgan islohotlarni keng targ‘ib qilish va jamoatchilikka yetkazish maqsadida Qarshi muhandislik –iqtisodiyot instituti “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 16-moddasiga asosan tashkil etilayotgan “Yil ayoli” va “gender tenglik faoli” milliy tanlovining “Yilning eng yangi g‘oyalar tashabbuskori” nominatsiya si g’olibi.
Raqamlarda
Kuzatuvchilar soni
Fanlar soni
Maqolalar soni
O`quv qo`llanmalar soni
Fanlar
Nomi | Turi |
---|---|
Issiqlik yuritgichlari va bosim bilan haydash mashinalari | Fan bo`yicha darslik |
ISSIQLIK VA ATOM ELEKTR STANSIYASI | Fan bo`yicha darslik |
ISSIQLIK VA ATOM ELEKTR STANSIYASI | Fan bo`yicha o`quv qo`llanma |
ISSIQLIK VA ATOM ELEKTR STANSIYASI | Qo'shimcha ma'lumotlar |