O`qituvchi haqida

XUDAYQULOV SHEROBOD BERDIMUROD O‘G‘LI
( Darajasiz - Unvonsiz )
Men, Xudayqulov Sherobod Berdimurod o‘g‘li, 1994 yil 5 yanvarda G‘uzor tumani Siyroq qishlog‘ida ziyoli oilasida tug‘ilganman. Millatim o‘zbek. Uylanganman. 2001 yil G‘uzor tumani Siyroq qishlog‘idagi 42 maktabning 1 sinfiga qabo‘l qilinganman. 2010 yil maktabni yakunladim. 2010-2013 yillarda Qarshi shahridagi 1 akadimek litseyning aniq fanlar yo‘nalishida tahsil oldim. 2014 yildan 2018 yilgacha Toshkent shahar Mirobod tumanida joylashgan “Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti”da “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” ta’lim yo‘nalishini bakalavr, 2017 yil oktabr-dekabr oylarida Toshkent shahar Murobod tumanida joylashgan “ TOSHSHAHARTRANSXIZMAT” MCHJ “O‘quv ishlab chiqarish markazi” da “B” toifali haydovchilik guvohnomasini olish uchun o‘qidim. Haydovchilik guvohnomamni 17.03.2018 da oldim. Muddat, 16.03.2028. 2018 yildan 2020 yilgacha oraliqda “Toshkent temir yo‘l muhandislari institiuti”da “Temir yo‘l transportida avtomatika va telemexanika” ta’lim yo‘nalishini magistratura boshqichini tugatdim. 2020 yil 16 oktabr sanasidan Qarshi shahridagi “Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti”da “Muhandislik texnologiyasi” fakulteti “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasida ish faoliyatimni boshladim. 2021 yil 13 sentabrdan “Elektronika va Avtomatika” fakultetining “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqaruv” kafedrasida asisent lavozimida ishlab kelmoqdaman.
Raqamlarda
Kuzatuvchilar soni
Fanlar soni
Maqolalar soni
O`quv qo`llanmalar soni