O`qituvchi haqida

SAYFIYEV SARDOR ERKINOVICH

SAYFIYEV SARDOR ERKINOVICH

( Darajasiz - Unvonsiz )

Men Sayfiyev Sardor Erkinovich 1985-yil 6-iyulda Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani Qovchin qishlog‘ida tug‘ilganman. 1992 yil Qori Niyoziy nomidagi 25-umumta’lim maktabiga birinchi sinfga borganman. 2001-yilda umumta’lim maktabining 9-sinfini tamomlab, Qarshi Davlat Universiteti qoshidagi akademik litseyga o‘qishga bordim. 2004-yilda akademik litseyni tamomlab, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universitetiga o‘qishga kirdim. 2008 yilda “Elektr energetika” fakultetini tamomlab, bakalavr darajasini oldim. 2008-yilda Toshkent Davlat Texnika Universitetining “Elektr ta’minoti” kafedrasining magistraturasida o‘qishni davom ettirganman. 2010-yilda Universitetni elektr ta’minoti mutaxassisligi bo‘yicha tamomladim. 2010-2011 yillar Qibray Energetika kasb-hunar kollejida katta o‘qituvchi lavozimida ishlaganman. 2011-yil avgust oyida “O‘zbekenergo” DAKda OAJ-MU-4 montaj boshqarmasida (pom. master) yordamchi usta lavozimida ish boshlaganman. 2012-yilda MU-5 bo‘limida (master) usta bo‘lib ishlaganman. 2013 yil may oyidan boshlab katta usta (ст. мастер) lavozimida ishlaganman. 2014-2016 yillarda MU-5 uchastkasida (prorab) lavozimida ishlaganman. 2016-yil noyabr oyidan hozirgacha Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Energetika” kafedrasi assistenti lavozimida ishlab kelmoqdaman.

Raqamlarda

Kuzatuvchilar soni

Fanlar soni

Maqolalar soni

O`quv qo`llanmalar soni

Fanlar