O`qituvchi haqida

PANJIYEV SAMIJON ALIQULOVICH

PANJIYEV SAMIJON ALIQULOVICH

( Fan nomzodi, PhD - Dotsent )

Panjiyev Samijon Aliqulovich 2000-yilda Qarshi davlat universitetini “Amaliy matematika” ta`lim yo`nalishi bo`yicha bakalavr, 2005-yilda Qarshi muhandislik- iqtisodiyot institutini “Hisoblash mashinalari, komplekslari, tizimlari va tarmoqlarini matematik va dasturiy ta`minlash” magistratura mutaxassisligini tatomlagan. Ma`lumoti bo`yicha mutaxassisligi - hisoblash mashinalari, komplekslari, tizimlari va tarmoqlarini matematik va dasturiy ta`minlash. Dissertatsiya ishini 2021-yilda Qarshi davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/04.06.2020.ped.70.02 raqamli Ilmiy kengashning qaroriga asosan “Virtual didaktik muhitda talabalarning texnik tayyorgarligini rivojlantirish metodikasi” mavzusida 13.00.02-Ta`lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Informatika) ixtisosligi bo`yicha himoya qilgan. S.A.Panjiev tomonidan hozirgacha jami 67 ta ilmiy-uslubiy ishlar chop qilgan. Shundan 42 ta ilmiy maqola, 18 ta uslubiy ishlar, 8 ta maqola OAK e`tirof etgan ilmiy jurnallarda, 7 ta xorijiy jurnallarda, 5 ta respublika ilmiy jurnallarda, 7 ta respublika ilmiy-anjumanlarda maqola chop etilgan. Uslubiy ishlari jami 18 ta, hammuallifda 2 ta o`quv qo`llanma, 6 ta Axborot texnologiyalari fanidan elektron modulli majmua, 6 ta uslubiy ko`rsatma chop etilgan, shuningdek, yakkamualliflikda 2 ta elektron axborot ta`lim resursi yaratgan.

Raqamlarda

Kuzatuvchilar soni

Fanlar soni

Maqolalar soni

O`quv qo`llanmalar soni

Fanlar