O`qituvchi haqida

NORCHAYEV RUSTAM XXX
( Fan nomzodi, PhD - Dotsent )
Men Norchayev Rustam 1949 yilda Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani ishchi oilasida tug‘ilganman. 1967 yilda o‘rta maktabni tugatib, 1969-1971 yillarda harbiy xizmatda bo‘ldim. 1972 yil Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish injenerlari institutining "Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish" fakultetining 1-kursiga o‘qishga kirdim va ushbu fakultetni 1977 yilda tugatdim. Institutda mehnat faoliyatimni 1977 yildan boshlab, assistent, katta o‘qituvchi, fakultet dekani, kafedra mudiri va 1988 yildan dotsent lavozimida faoliyat olib borayapman. 1980-1985 yillarda Moskva qishloq xo‘jaligini ishlab chiqarishini mexanizatsiyalashtirish injenerlari institutida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilganman. Hozirgi kunda 4 ta monografiya, 50 ta patent va 100 dan ortiq ilmiy maqolalar va uslubiy qo‘llanmalar muallifi va hammuallifiman.
Raqamlarda
Kuzatuvchilar soni
Fanlar soni
Maqolalar soni
O`quv qo`llanmalar soni