O`qituvchi haqida

ISHMUXAMEDOVA RA’NO CHORIYEVNA
( Fan nomzodi, PhD - Dotsent )
Ishmuxamedova Ra'no Choriyevna 1980 yil 17 oktyabrda Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi Guvalak qishlog‘ida oddiy dehqon oilasida tug‘ilgan. Qishloqdagi 12-o‘rta umumiy ta'lim maktabda o‘qib, 1998 yilda maktabni imtiyozli attestat bilan tugatdi. 2000 yilda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining Agronomiya ta'lim yo‘nalishiga grant asosida o‘qishga kirdi. O‘qishni 2004 yilda tugatib, 2005 yilda magistraturaga o‘qishga kirdi. 2006 yilda o‘qish bilan birga institutga yordamchi-laborant bo‘lib ishga kirdi. Magistraturada o‘qish davomida professor, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori I.Irnazarov rahbarligida ilmiy-tadqiqot ishlari olib bordi. R.Ch.Ishmuxamedova “Kuzgi bug‘doyning Chillaki navini ekish me'yorini urug‘ vazni bo‘yicha belgilash” mavzusida magistrlik dissertatsiyasini himoya qildi va ushbu mavzuni davom ettirib, “Bug‘doyning tezpishar Chillaki navi hosildorligiga ekish muddatlari va oziqlantirish me'yorlarining ta'siri” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiya ishini muddatidan oldin yakunlashga erishib, dala tajriba ishlari 2004-2007 yillarda bajarilib, 2008-2011 yillarda tajriba natijalari bo‘yicha ishlab chiqarish sinovi o‘tkazgan va ishlab chiqarishga tadbiq etilgan. Ra'no Choriyevna dissertatsiya natijalari bo‘yicha OAK ro‘yxatidagi nufuzli ilmiy manbalarda 50 dan ziyod ilmiy maqola va shu mavzuga doir “Fan” nashriyotida monografiya va tavsiyanoma chop ettirishga erishdi. Bundan tashqari u xalqaro va respublika ilmiy-amaliy konferentsiyalarida 40 dan ortiq ma'ruza qilib, ma'ruzalari konferentsiya materiallari to‘plamlarida chop etilgan. Uning doktorlik dissertatsiyasi natijalari 2010 yilda “Fan” nashriyotida chop etilgan monografiya va tavsiyanomasi orqali fermer-dehqon xo‘jaliklariga yetkazilgan. R.Ch.Ishmuxamedovaning dissertatsiya ishi 2018 yilda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Ilmiy-texnik kengashi bilan “Agrobiotexnologiya” ilmiy seminarining qo‘shma yig‘ilishida muhokamadan o‘tib, Paxta selektsiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.06.2017.Qx.42.01 raqamli ilmiy kengashga himoya qilish uchun tavsiya etildi. 2018 yilning oxirida ushbu kengashda dissertatsiya ishini himoya qildi. 2018 yilda shuncha yillik qiyinchiliklar, zahmatlar natijasi qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘ldi. 2022 yil noyabr oyida “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash” ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘ldi. U o‘zining ilmiy-pedagogik faoliyati davomida 20 dan ziyod o‘quv-uslubiy ishlar muallifi sanaladi. “Donchilik”, “Mikrobiologiya”, “Biotexnologiya asoslari” va “Donni saqlash va qayta ishlash texnologiyasi”, “Agrobiotexnologiya” fanlari bo‘yicha hozirgacha amaliy, laboratoriya va ma'ruza mashg‘ulotlari darslarini mahorat bilan o‘tish bilan birga ushbu fanlardan uslubiy qo‘llanma va ko‘rsatmalar, o‘quv-uslubiy majmualar yaratib, o‘quv jarayonida uslubiy adabiyotlar yaratishga ham o‘z hissasini qo‘shib bormoqda. Hozirda R.Ch.Ishmuxamedova oilali, 2 nafar farzandi tarbiyasiga ham e'tibor bilan yondoshmoqda. Ishmuxamedova Ra'no Choriyevna ilmiy va jamoat ishlaridagi faolligi uchun institut ma'muriyati tomonidan bir necha marta mukofotlangan.
Raqamlarda
Kuzatuvchilar soni
Fanlar soni
Maqolalar soni
O`quv qo`llanmalar soni