O`qituvchi haqida

ESHONQULOV RAVSHAN ABDURAZAKOVICH

ESHONQULOV RAVSHAN ABDURAZAKOVICH

( Fan doktori, DSc - Professor )

Eshonqulov Ravshan Abdurazakovich 2002 yilda Qarshi muhandislik-iqtsodiyot institutining Texnologiya fakultetida bakalavrni, 2004 yilda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti Atrof muhit muhofazasi mutaxassisligi boʻyicha magistraturani, 2019 yilda Germaniya Federativ Respublikasining Xoxenhaym universitetinida doktoranturani tamomlagan. Germaniya Federativ Respublikasining Xoxenxaym universiteti huzuridagi ilmiy kengashda “Turbulent exchange energy, water and carbon between crop canopies and the atmosphere: An evaluation multi-year, multi-site eddy covariance data” (Energiya, suv va uglerodni oʻsimlik qoplami va atmosfera oʻrtasida turbulent almashinuvi: koʻp-yillik, koʻp-joylik eddi kovariatsiya ma’lumotlarini baholash) mavzusida “11.00.05 – Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish” ixtisosligi boʻyicha himoya qilgan. Ilmiy izlanishlari natijasida 40 ta ilmiy-uslubiy ishlar chop qilgan. Dissertasiya himoyasidan keyin jami 17 ta ilmiy-uslubiy ishlar chop qilingan. Shundan 1 ta Scopus bazasida indeksasiyalanadigan xorijiy ilmiy jurnalda, 4 ta xalqaro jurnallarda, 1 ta mahalliy OAK e’tirof etgan ilmiy jurnalda, 5 ta xalqaro va 3 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarda maqolalar chop etilgan, 1 ta dastur uchun guvohnoma olingan. Uslubiy ishlari jami 5 ta, 1 ta hammualiflikda oʻquv qoʻllanma, 1 ta uslubiy qoʻllanma, 3 ta uslubiy koʻrsatmalar chop ettirgan.

Raqamlarda

Kuzatuvchilar soni

Fanlar soni

Maqolalar soni

O`quv qo`llanmalar soni

Fanlar