O`qituvchi haqida

BOYNAZAROV O‘ROL RAVSHANOVICH
( Fan nomzodi, PhD - Professor )
Men Boynazarov O‘rol Ravshanovich 1963 yil Shaxrisabz tumanida tug‘ildim. !970 yil tumandagi 78-sonli maktabga o‘qishga borib uni 1980 yil tamomladim. 1980 yildan 1981 yilgacha Shaxrisabz tumanidagi Ilich nomli xo‘jaligda oddiy ishchis bo‘lib ishladim. 1981 yildan 1986 yilgacha Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti Qarshi filialida o‘qidim. 1986y yildan 1987 yilgachaToshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti Qarshi filiali mashina traktor parkidan foydalanish kafedrasi katta laborant bo‘lib ishladim. 1987 yildan 1990 yilgachaToshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti Qarshi filiali umumtexnika fanlari kafedrasida assistent sifatida faoliyat ko‘rsatdim. 1990 yil dekabrdan1993 yil iyulgacha Moskva avtomobil yo‘llari institutida maqsadli aspiranturada o‘qidim va ilmiy ishimni muvaffaqiyatli himoya qildim. 1993 yildan 1998 yilgacha mashina traktor parkidan foydalanish kafedrasi dotsent v.b. va dotsent bo‘lib ishladim. 1998 yildan 2001 yilgacha Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti marketing xizmati bo‘limi boshlig‘i, kafedrada 0,5 stavka dotsent va institutni “Muhandis-iqtisodchi” gazetasi muharriri sifatida faoliyat yuritdim. 2001-2004 yillar davomida Qashqadaryo viloyat hokimligida referent, yetakchi mutaxassisi va katta mutaxassis va bir vaqtda institutda 0,25 stavkada dotsent sifatida ishladim. 2004-2006 yillar Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti muhandis-texnika fakulteti dekan muovini, 2006-2007 yillar texnikalardan foydalanish va mehnat muhofazasi kafedrasi dotsenti bo‘lib ishladim. 2007-2009 yillar davomida institut axborot resurs markazi diretori va kafedrada 0,5 siavkada dotsent sifatida faoliyat ko‘rsatdim. 2009-2012 yillar Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti texnikadan foydalanish va mehnat muhofazasi kafedrasi dotsenti, yer usti transport tizimlariga xizmat ko‘rsatish va ulardan foydalanish kafedrasi dotsenti bo‘lib ishladim. 2012-2018 yillar davomida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti yer usti transport tizimlari kafedrasi mudiri, 2018-2022 yillar yer usti transport tizimlari (transport vositalari muhandisligi) kafedrasi dotsenti, 2022 yil sentabrdan transport vositalari muhandisligi kafedrasida professor v.b. lavozimida ishlab kelayapman. Ilmiy pedagogik faoliyatim davomida 120 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlarim, jumladan 2 ta patent e’lon qilindi. 2 ta darslik, 4 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta monografiyam nashr etildi. Badiiy ijod sohasida “Dard yog‘dusi”, “Qashqadaryo bayozi” -2 jamoaviy she’riy to‘plamlarim chop etilgan. OAVda hangomalarim va she’rlarim nashr etilgan.
Raqamlarda
Kuzatuvchilar soni
Fanlar soni
Maqolalar soni
O`quv qo`llanmalar soni