O`qituvchi haqida

QO‘ZIYEV NODIR MURODILLAYEVICH

QO‘ZIYEV NODIR MURODILLAYEVICH

( Fan nomzodi, PhD - Dotsent )

Qo‘ziyev Nodir Murodillayevich Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining “Agroinjeneriya” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr 2006-yilda, Qarshi muhandislik- iqtisodiyot instituti Kasb-hunar fanlarini o‘qitish metodikasi (qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish) magistratura mutaxassisligini 2011-yilda tamomlagan. Ma`lumoti bo`yicha mutaxassisligi – injener mexanik. Dissertatsiya ishini 2020-yilda Namangan muhandislik-qurilish instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.T.90.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengashning qaroriga asosan “Kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida talabalarni texnik tafakkurini rivojlantirish (Texnika yo‘nalishlari misolida)” mavzusida 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligidan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. Qo‘ziyev Nodir Murodillayevich 05.02.02-Mexanizmlar va mashinalar nazariyasi. Mashinashunoslik va mashina detallari (texnika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvonini olgan. Umumiy ish staji – 21 yil, ilmiy va pedagogik ish staji – 12 yil, : 2021-yili “InnoWeek.uz.2021” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi “Yoshlar akademiyasi” tomonidan "Innovatsion g‘oyalar yetakchisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. 2021-yili Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkazilgan “InnoWeek.uz.2021” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasidagi “Xalqaro interaktiv yarmarkada” faol ishtiroki uchun tashakkurnoma bilan taqdirlangan. Pedagogik faoliyati davomida 59 ta ish e’lon qilgan, 49 ta ilmiy maqola va 10 ta o‘quv-uslubiy ishlar. Shu jumladan: 8 ta ilmiy maqola OAK e’tirof etgan ilmiy junallarda, 7 ta xorijiy jurnallarda, 24 ta respublika konferensiya to‘plamlarida tezis va 2 ta monografiya chop ettirgan hamda Intellektual mulk agentligi tomonidan 5 ta dasturiy guvohnoma (DGU) olgan. Uslubiy ishlari: 3 ta uslubiy ko‘rsatma va 1 ta uslubiy qo‘llanma chop ettirgan. 2019 yil О‘zMU huzuridagi tarmoq (mintaqaviy) markazida “Mexanika” yо‘nalishi bо‘yicha mаlаkа oshirgan (MA №022333). 2022 yil О‘zMU huzuridagi tarmoq (mintaqaviy) markazida “Mexanika va matematik modellashtirish yo‘nalishi” yо‘nalishi bо‘yicha mаlаkа oshirgan (MA №043814). 2021 y. - h.v. - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti umumtexnika fanlari kafedrasi dotsenti hamda ilmiy va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda

Raqamlarda

Kuzatuvchilar soni

Fanlar soni

Maqolalar soni

O`quv qo`llanmalar soni

Fanlar

Maqolalar

Nomi
MASHINA DETALLARI FANIDAN PARCHIN MIXLI BIRIKMALARNI HISOBLASHGA DOIR AMALIY TAVSIYALAR
Mashina detallari fanidan payvand birikmalarni hisoblashga doir amaliy ishlar
ПНЕВМОМЕХАНИК МАШИНАЛАРНИНГ ДИСКРЕТИЗАЦИЯ ЗОНАСИДАГИ ГАРНИТУРА ДЕТАЛЛАРИНИ ТОЛАЛИ ПИЛТАЛАРДА ДИНАМИК ТАҲЛИЛИ
FORMATION OF TECHNICAL THINKING IN THE EDUCATIONAL ACTIVITIES OF FUTURE ENGINEERS
ТУПРОҚҚА АҒДАРМАСДАН ИШЛОВ БЕРАДИГАН ПЛУГ-ЮМШАТКИЧЛАРДА ОЛИБ БОРИЛГАН ИЛМИЙ ИЗЛАНИШЛАР ТАХЛИЛИ
ТЕХНИК ТАФАККУРНИ ШАКЛЛАНТИРИШ БИЛАН БОҒЛИҚ БЎЛГАН КОМПОНЕНТЛАР
БОҒ ҚАТОР ОРАЛАРИГА ИШЛОВ БЕРИШДА ПЛУГ-ЮМШАТКИЧНИ ТЕХНИК ИҚТИСОДИЙ ТАҲЛИЛИ
ТЕХНИКА ЙЎНАЛИШИ ТАЛАБАЛАРИДАТЕХНИК ТАФАККУРНИ ШАКЛЛАНТИРИШ БИЛАН БОҒЛИҚ МУҲИМ СИФАТЛАР
The Theory of the Development of Innovative Engineering Activities
ЙИГИРУВ МАШИНАСИНИНГ ДИСКРЕТИЗАЧИЯ ЗОНАСИДАГИ ГАРНИТУРА ДЕТАЛЛАРИНИ ТОЛАЛИ ПИЛТАЛАРДА ДИНАМИК ТАЦЛИЛИ.
ДИСКРЕТЛОВШИ ДЕТАЛЛАРДАГИ ГАРНИТУРА ТИШИНИНГ ТОЛАЛАРГА ТАЪСИРИНИ НАЗАРИЙ ВА ТЕХНОЛОГИК ПАРАМЕТРЛАРИНИ АСОСЛАШ
КАСБИЙ ФАОЛИЯТГА ТАЙЁРЛАШ ЖАРАЁНИДА ТАЛАБАЛАРНИ ТЕХНИК ТАФАККУРИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ
TEXNIKA YО‘NALISHI TALABALARIDA TEXNIK TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISH METODIKASI