O`qituvchi haqida

XAKIMOVA MUABARA XALILOVNA
( Fan nomzodi, PhD - Dotsent )
Hakimova Muabara Xalilovna, 1970 yil 22 mayda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek, ma'lumoti oliy, 1994 yilda Toshkent Davlat Agrar Universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi olim-agronom, agroximik. Biologiya fanlari nomzodi, dotsent. O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi a'zosi. Qashqadaryo viloyati kengashi deputati. M.X.Hakimova 1996 yildan buyon Qarshi Muhandislik-iqtisodiyot institutining Texnologiya fakulьteti «Agronomiya» kafedrasida assistent, katta o‘qituvchi, dotsent, 2020-2021 o‘quv yildan buyon «Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi» kafedrasida tanlov asosida kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. M.Hakimova 2005-2011 yilllarda institut Xotin-qizlar kengashi raisi vazifasida faoliyat olib bordi. Ikkinchi ma'lumotga ega emas. Chet elda o‘qimagan. 2007 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akadimiyasi qoshidagi “Korparativ boshqaruv” kursini tugatgan. Institut Kengashi a'zosi. 2017 yildan boshlab Qashqadaryo viloyati “Ixtirochi allar” uyushmasi raisi sifatida jamoatchilik asosida faoliyat yuritmoqda. Rossiya “Tuproqshunoslar” uyushmasi a'zosi. Hakimova Muabara Xalilovna pedagogik faoliyat bilan birgalikda ilmiy izlanishlar olib borib, 2002 yilda «Yakkabog‘daryo chap sohili tuproqlarining ekologik-genetik holati» mavzusida fan nomzodligi darajasini olish uchun dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qildi va biologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi. 2011 yilda dotsent ilmiy unvonini oldi. U 110 dan ortiq ilmiy maqolalar, 20 dan oshiq o‘quv-uslubiy ishlar, 4 ta DGU (Axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid dasturlar va elektron ma'lumotlar bazalari uchun olingan guvohnomalar) mualliflik huquqi va 2004 yilda nashr etilgan «Yakkabog‘daryo chap sohili tuproqlarining ekologik-genetik holati» nomli monografiya hamda 2018 yilda chop ettirilgan “Tuproqshunoslik va dehqonchilik asoslari”, 2021 yilda “Tuproqshunoslik”, “O‘simliklarning kimyoviy himoya vositalari”, 2022 yilda “Soil science and agrochemistry” nomli o‘quv qo‘llanmalar muallifi. M.X.Hakimovaning 2022 yilda “O‘zbekiston janubi tuproqlarining ekologik-genetik holati” nomli monografiyasi nashrdan chiqdi. Uning rahbarligida «Biologiya», «Agronomiya» fanlari bo‘yicha 10 dan ortiq talabalar Respublika fan olimpiyadalarida sovrinli 1-2 o‘rinlarni egallab kelgan. Shu davrlar mobaynida 5 nafar iqtidorli-iste'dodli talaba-qizlarni Zulfiya nomidagi davlat mukofotining Respublika bosqichiga ishtirok etishida, 1 nafar talaba-qizni 2007 yilda «Kelajak ovozi» ko‘rik tanlovida «Tasviriy va amaliy san'at» nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritishida va 2022 yilda bir nafar yosh pedagog o‘qituvchi Qurbonova Oftoboyim Husniddinovnani fan yo‘nalishi bo‘yicha Zulfiya nomidagi davlat mukofotini olishda bevosita rahbarlik qildi. Muabara Hakimova O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va O‘zbekiston Ixtirochi ayollari uyushmasida yurtimizning iqtidorli xotin-qizlarini «O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi» Birinchi Respublika tanlovi tumanlar, Qarshi shahri va viloyat bosqichi tashkilotchisi. Shuningdek shu tanlovning respublika bosqichi tashkiliy qo‘mita a'zosi. Tanlovda o‘z ixtirolari, ratsionalizatorlik takliflari, innovatsion g‘oyalari bilan ishtirok etgan 5 nafar xotin-qizlarga rahbarlik qildi va 2018 yilda “O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” I Respublika Tanlovning “Eng samarali innovatsion loyiha” nominatsiyasida magistr Tursunova Muxlisa Kamol qizi tomonidan “Mahalliy no‘xat donidan xumus olish texnologiyasi” mavzusi bo‘yicha g‘olib bo‘lgan ishga raxbarlik qildi. M.X.Hakimova 2019 yida «O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi» Ikkinchi Respublika tanlovining “Ijtimoiy soha” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. 2020 yil «O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi» Uchinchi Respublika tanlovining “Eng yaxshi innovatsion loyiha” nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan Yosh o‘qituvchi Bo‘riyeva Surayyo Zayliyevnaga rahbarlik qildi. Hakimova Muabara Xalilovna 2020-2021 o‘quv yildan buyon “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasini boshqarib kelmoqda. Shu davr mobaynida kafedra ilmiy salohiyatini 57 % ga ko‘tarishga erishdi. Bundan tashqari kafedra bilan xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘yishda katta ishlarni amalga oshirib kelmoqda. 2018 yil 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tabriknomasi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlangan. M.Hakimova fidoyiligi bilan ma'naviy hayotimizni yanada yuksaltirishga hamda Xotin-qizlar qo‘mitasi tizimi faoliyatiga qo‘shgan hissasi uchun 2012 yil O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Hotin-qizlar qo‘mitasi tashakkurnomasiga munosib topilgan. “Ko‘p yillik samarali mehnati, fan va ta'lim sohalarini rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi hamda talabalarni vatanga muhabbat, ma'naviy-ma'rifiy saviyasini, ekologik madaniyatini yuksaltirish borasidagi faoliyati uchun” O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari, Ekoharakat deputatlar guruhi rahbari, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri raisi va O‘zbekiston Milliy Universiteti tomonidan tashkil etilgan tanlovda diplomga loyiq topilgan. “O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” I Respublika tanlovini o‘tkazishda faol ishtiroki uchun 2018 yilda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Hotin-qizlar qo‘mitasi raisining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va O‘zbekiston Ixtirochi ayollari uyushmasi hamda Koreya ixtirochi ayollar assosatsiyasi tomonidan tashkil etilgan “WOMEN INVENTORS-2019” ko‘rgazmasida muvoffaqqiyatli ishtirok etib sertifikatni qo‘lga kiritgan. 2022 yilning 8-9 sentyabrь kunlari Toshkent shahrida Parlamentlararo ittifoqqa a'zo davlatlar parlamentlari ayol rahbarlarining navbatdagi 14-sammitida Qashqadaryo viloyati rahbar ayollari nomidan ishtirok etdi. Hakimova Muabara Xalilovna jonkuyar, bilimli, vatanga sadoqatli, to‘g‘ri so‘z, fidoiy ustoz sifatida jamoada hurmat qozongan inson. Oilali, bir nafar farzandi bor.
Raqamlarda
Kuzatuvchilar soni
Fanlar soni
Maqolalar soni
O`quv qo`llanmalar soni
Fanlar
Nomi | Turi |
---|---|
TUPROQSHUNOSLIK VA AGROKIMYO fanining “TUPROQSHUNOSLIK” qismi bo’yicha O’QUV QO’LLANMA | Fan bo`yicha o`quv qo`llanma |
Agrokimyo fanidan laboratoriya mashg'ulotlarini bajarish uchun uslubiy ko'rcatma | Fan bo`yicha uslubiy ko`rsatma |
“TUPROQSHUNOSLIK VA AGROKIMYO” fanining AGROKIMYO qismidan 5410500 – Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi yo’nalishi talabalari uchun MA’RUZA MATNLARI | Qo'shimcha ma'lumotlar |
“TUPROQSHUNOSLIK VA AGROKIMYO” fanining “TUPROQSHUNOSLIK” qismidan MUSTAQIL ISHLARNI BAJARISH BO’YICHA USLUBIY KO‘RSATMA | Fan bo`yicha uslubiy ko`rsatma |