O`qituvchi haqida

KORJAVOV MUSTAFA JAVLIYEVICH

KORJAVOV MUSTAFA JAVLIYEVICH

( Darajasiz - Unvonsiz )

1982 yilda maktabni tugatib, ToshDUning (hozirgi O'zMU) fizika fakultetini ("Nazariy fizika" kafedrasida) 1989 yilda tamomladim. 1983-1985 yillarda Sovet Armiyasida xizmat qildim. 1989 yildan 1994 yilgacha O'zFA YaFIning "Yadro spektroskopiyasi" laboratoriyasida injener, ilmiy tadqiqotchi vazifalarida ishladim va O'zFA YaFIning aspiranturasini sirtdan tugatdim. 1994-2011 yillarda Qarshi DU fizika fakultetida o'qituvchi, katta o'qituvchi vazifalarida ishlab nazariy fizika fanlaridan dars berdim. 2011 yildan hozirgacha "Fizika va elektronika" kafedrasida katta o'qituvchi vazifasida ishlab kelmoqdaman. 50 ga yaqin ilmiy, uslubiy maqolalarim chop etilgan. O'ntaga yaqin uslubiy qo'llanma va ko'rsatmalar muallifiman. 01.04.08- “Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi. Tezlashtiruvchi texnika” ixtisosligi bo‘yicha “Juft-juft deformatsiyalangan volfram izotoplari vibratsiyali holatlarining xususiyatlari” nomli falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy ishlar olib bormoqdaman.

Raqamlarda

Kuzatuvchilar soni

Fanlar soni

Maqolalar soni

O`quv qo`llanmalar soni