O`qituvchi haqida

NURMATOV JAXONGIR TOGAYMURADOVICH
( Darajasiz - Unvonsiz )
2001 yilda Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutini tugatgan. Neft va gaz quduqlarini burg'ilash mutaxassisligi bo'yicha tog' muhandisi ixtisosligini olgan. 1999-2000 yillarda Italiya Respublikasining Milan Politexnika Universitetining Muhandis-mexanika departamentida “Neft va gaz siklli tizimi” dasturi bo'yicha ta'lim olgan va kursni muvaffaqiyatli tugatgan. 2017 yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasida “Davlat boshqaruvi - 1” mutaxassisligi bo'yicha qayta tayyorlash kursini tamomlagan. 2019 yilda Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish bo`yicha “Taraqqiyot” Respublika tanlovining “Ta'lim, fan va innovatsiyalar sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi” nominatsiyasi bo'yicha final bosqichi ishtirokchisi. Hozirgi kunda Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi katta o'qituvchisi. O'quv-uslubiy ishlari soni 10 ta. Neft va gaz sohasida 2 ta darslik, 2 ta o'quv qo'llanma va 40 dan ortiq ilmiy maqolalarning muallifi hisoblanadi.
Raqamlarda
Kuzatuvchilar soni
Fanlar soni
Maqolalar soni
O`quv qo`llanmalar soni