O`qituvchi haqida

ALLAYAROV JASUR JUMANAZAROVICH

ALLAYAROV JASUR JUMANAZAROVICH

( Fan nomzodi, PhD - Unvonsiz )

Allayarov Jasur Jumanazarovich, 1985 yil 31 dekabrda tug‘ilgan, millati o‘zbek. 2004 yil, Toshkent Davlat Agrar universiteti Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va ularni dastlabki qayta ishlash texnologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr, 2010 yil, Toshkent Davlat Agrar universiteti Dehqonchilik mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi mutaxassisligi bo‘yicha magistr darajasini olgan. 2010-2011 yy. - Yakkabog‘ tuman Qishloq va suv xo‘jalik bo‘limiga Meva-sabzavotchilik bo‘yicha yetakchi mutaxassisi; 2011-2014 yy. - Yakkabog‘ tuman Qishloq va suv xo‘jalik bo‘limi G‘allachilikni rivojlantirish bo‘yicha yetakchi mutaxassisi; 2014-2018 yy. - Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti “Qishloq xo‘jalik maxsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasi assistenti; 2018-2021 yy. - K.A.Timiryazev nomidagi Moskva qishloq xo‘jalik akademiyasi Rossiya Davlat Agrar universiteti “Qishloq xo‘jalik mashinalari” kafedrasi kunduzgi bo‘lim aspiranti; 2021 yil 30 noyabrdadan buyon Qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi. Dissertatsiyani 2021 yil 30 noyabrda K.A.Timiryazev nomidagi Moskva qishloq xo‘jalik akademiyasi Rossiya Davlat Agrar universitetida D 220.043.14 raqamli Ixtisoslashgan Kengashda “Совершенствование послеуборочной обработки и хранения топинамбура” mavzusida “05.20.01.- Технологии и средства механизации сельского хозяйства” ixtisosligi bo‘yicha himoya qilgan. 2022 yil 29 martda № 304/nk-8 – sonli bayonnoma bo‘yicha qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi ilmiy darajasi berilgan. 2022 yil 5 yanvardan-2022 yil 1 noyabrgacha - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasida to‘liq shtat birligida dotsenti v.b. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektorining 2022 yil 1 noyabrdagi №842/K buyrug‘i bilan “Sanoat texnologiyasi” fakultetiga o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektorining 2023 yil 27 martdan “Sanoat texnologiyasi” fakultetiga dekan lavozimiga tayinlandi.

Raqamlarda

Kuzatuvchilar soni

Fanlar soni

Maqolalar soni

O`quv qo`llanmalar soni

Fanlar