O`qituvchi haqida

KODIROV ISMOIL NORKOBILOVICH
( Fan nomzodi, PhD - Professor )
Qodirov Ismoil Norqobilovich 1961 yil 05 mayda Qashqadaryo viloyati Koson tumanining “Oqtepa” qishlog'ida tug'ilgan. 1985 yilda Toshkent Davlat Universiteti (hozirgi Toshkent Davlat Milliy Universiteti) ning “Fizika” fakultetini imtiyozli (qizil) diplom bilan bitirgan. 1985-1990 yillar Toshkent DTU ning kunduzgi bo'lim aspiranturasida o'qigan. 1996 yilda O'zbekiston Fanlar Akademiyasining “Elektronika” Instituti huzuridagi ixtisoslashgan kengashda “ lazer nurlari yordamida ionlar bilan implantasiya qilingan Si, Pd-Ba va Pd-Mg sirtlarining xususiyatlarini o'zgartirish” mavzusida 01.04.04- “Fizikaviy elektronika” ixtisosligi bo'yicha nomzodlik dissertasiyasini himoya qilib, fizika-matematika fanlari nomzodi bo'ldi. 1997 yildan Qarshi Muxandislik Iqtisodiyot Institutining “Issiqlik energetikasi ” kafedrasida katta o’qituvchi, 2000 yildan shu kafedra dosenti lavozimida ishlab kelgan. 2011-2013 yillarda “Issiqlik energetikasi” kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan va 2019-2021 yillarda “Issiqlik energetikasi ” kafedrasi professor lavozimida ishlab kelgan. 2021 yil sentyabr oyidan “Muqobil energiya manbalari” kafedrasida professor lavozimida ishlab kelmoqda. Qodirov Ismoil Norqobilovich 15 ta о‘quv-uslubiy kо‘rsatma va qо‘llanmalar, 1 ta patent, 4 darslik va 7 о‘quv qо‘llanmalar muallifi. Uning 100 tadan ortiq ilmiy maqolalari Respublika va Xorijiy jurnallarda chop etilgan, hamda u olib borgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini ilmiy-amaliy konferensiyalarda ma’ruzalar qilgan. “Energetikada nano-texnologiyalarning qo'llanilishi” mavzusi bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
Raqamlarda
Kuzatuvchilar soni
Fanlar soni
Maqolalar soni
O`quv qo`llanmalar soni