O`qituvchi haqida

KARIMOV ILXOM NORMAMATOVICH

KARIMOV ILXOM NORMAMATOVICH

( Darajasiz - Unvonsiz )

Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida 1984 yil 1-iyunda tavallud topgan. 2004-2008 yil Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutining Muhandis texnika fakulteti “Elektr energetika” kafedrasida o‘qidim. 2008-2010 yil Toshkent Davlat Texnika universiteti Energetika fakultetini “Elektrotexnika, elektromexanika, elektrotexnologiya” kafedrasida magistratura bo‘limini muvaffaqiyatli tugatdim. 2010-2011 yillarda Toshkent magistral Gaz quvurlari Boshqarmasi (TMGQB)ga qarashli kompressor zavodida elektromontyor lavozimida ishlagan. 2011 yilning mart oyidan Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti. Energetika fakulteti “Elektr energetikasi” kafedrasiga assistent-o‘qituvchi lavozimiga ishga qabul qilindim. Men kafedrada qo‘yidagi “Rele himoyasi va avtomatikasi” “O‘tkinchi jarayonlar” “O‘ta kuchlanish va izolyatsiya” “Elektr ta’minoti ishonchliligi” “Elektr apparatlari” hamda “Elektrotexnika va elektronika” kabi umumtexnikaviy va mutaxassislik fanlaridan nazariy va amaliy darslarni o‘tib kelmoqda. 5310200-Elektr energetikasi (elektr ta’minoti) talabalari uchun “O‘tkinchi jarayonlar, o‘ta kuchlanish va izolyatsiya” fanidan 2019 yil 2 may “394” – sonli buyrug‘iga asosan ro‘yxatga olish raqami 394-162 o‘quv qo‘llanmasi bor. 2020 yildan hozirgacha “Elektr energetikasi” kafedrasiga katta o‘qituvchi lavozimiga ishlab kelmoqdaman. O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi xuzuridagi Intelektual mulk agentligi “Intellektual mulk konsultativ markazi” davlat unitar korxonasi“Disputa” metodi nomli ilmiy ishlanma. Reestra 2021 yil 25-mayda Guvohnoma 003535-raqam bilan kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi xuzuridagi Intelektual mulk agentligi “Intellektual mulk konsultativ markazi” davlat unitar korxonasi “Ripaydit” metodi nomli ilmiy ishlanma. Reestra 2021 yil 25-mayda Guvohnoma 003536-raqam bilan kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi xuzuridagi Intelektual mulk agentligi “Intellektual mulk konsultativ markazi” davlat unitar korxonasi “Konkurens” texnologiyasi nomli ilmiy ishlanma. Reestra 2021 yil 25-mayda Guvohnoma 003538-raqam bilan kiritilgan. “Ta’limning shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyasi” O‘quv qo‘llanma. Intellekt nashriyoti, 2020. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ning 2020 yil 28-dekabrdagi 676-sonli buyrug‘iga asosan nashr yetishga ruxsat berilgan. “Releli himoya va avtomatika” O‘quv qo‘llanma. Intellekt nashriyoti, 2021. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ning 2021 yil 25-dekabrdagi 538-sonli buyrug‘iga asosan nashr etishga ruxsat berilgan. O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi xuzuridagi Intelektual mulk agentligi “Releli himoya va avtomatika” kompyuter dasturi uchun texnologiyasi. // Adliya Vazirligi xuzuridagi Intelektual mulk agentligi guvoxnomasi. - Toshkent.: 1-fevral, 2021. Adliya Vazirligi xuzuridagi Intelektual mulk agentligi texnologiyasi patenta. 01.02.2021. O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi xuzuridagi Intelektual mulk agentligi “Releli himoya va avtomatika” mobil ilovasi uchun texnologiyasi. // Adliya Vazirligi xuzuridagi Intelektual mulk agentligi guvoxnomasi. - Toshkent.: 4-aprel, 2021. Adliya Vazirligi xuzuridagi Intelektual mulk agentligi texnologiyasi patenta. 15.04.21. Hozirgi vaqtda “Bo‘lajak mutaxassislarni intellektual kompetentligini rivojlantirish (Elektr energetikasi ta’lim yo‘nalishi misolida)” mavzusida tadqiqot ishlarini (PhD) olib bormoqdaman. 25 ta ilmiy maqola chop ettirgan, o‘quv-uslubiy ishlanmalarni tayyorlash borasida ham qo‘lyozmalari mavjud.

Raqamlarda

Kuzatuvchilar soni

Fanlar soni

Maqolalar soni

O`quv qo`llanmalar soni

Fanlar

Maqolalar

Nomi