O`qituvchi haqida

RAXMONOV IKROMJON USMONOVICH

RAXMONOV IKROMJON USMONOVICH

( Darajasiz - Unvonsiz )

Raxmonov Ikromjon Usmonovich 1987 yilda tavallud topgan. Millati o‘zbek. Mehnat faoliyati: 2006-2007 y.y. Toshkent viloyati Bekobod shahar xokimligi mutaxassisi. 2007-2011 y.y. Toshkent davlat texnika universiteti talabasi. 2011-2013 y.y. Toshkent davlat texnika universiteti magistranti. 2013-2018 yy. Toshkent davlat texnika universiteti elektr ta’minoti kafedrasi assistenti, katta o‘qituvchisi, dotsenti. 2018 y. - x.v. Toshkent davlat texnika universiteti elektr ta’minoti kafedrasi mudiri. Ilmiy-tadqiqotlari yuzasidan jami 150 ga yaqin ilmiy ishlari chop etilgan bo‘lib, ulardan 4 tasi monografiya, 70 tasi ilmiy maqola, shundan 48 tasi nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda, 15 tasi Scopus ma’lumotlar bazasidagi jurnal va to‘plamlarda chop etilgan bo‘lib, h-indeksi 10 ga teng. So‘nggi 3 yil mobaynida 75 ta ilmiy ish, shundan 28 tasi xorijiy nashrlarda chop qilingan. 19 ta EHM dasturi uchun guvoxnomalar olingan. Bugungi kunda uning rahbarligida BMT Taraqqiyot dasturi bo‘yicha xalqaro loyiha, davlat dasturlari doirasida fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar bajarilmoqda. Shu bilan birga 2 ta davlat grantlari va 8 ta xo‘jalik shartnomalari asosida ilmiy-tadqiqotlar olib borgan. “O‘zmetkombinat” AJda metall prokati ishlab chiqarishda yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molini meyorlash usuli” “O‘zmetkombinat” AJ korxonasiga joriy qilingan. I.U.Raxmonov rahbarligidagi ilmiy jamoa tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi buyurtmasiga muvofiq, sanoat korxonalarining energiya iste’moli monitoringi uchun avtomatlashtirilgan dasturiy mahsulot yaratilib, iqtisodiyot tarmoqlariga joriy etish ishlari olib borilmoqda. BMT Taraqqiyot dasturi doirasida mavjud va yangi qurilgan turar-joy binolariga “energetik pasport” berish uchun energetik tekshiruv (energoaudit) o‘tkazishning Milliy uslubiyatini ishlab chiqish bo‘yicha loyiha rahbari sifatida samarali faoliyat yuritmoqda. Pedagogik faoliyati davomida 7 ta darslik, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 20 dan ortiq uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlab, chop ettirgan. I.U. Raxmonovning ilmiy rahbarligida 2 nafar falsafa doktori (PhD) himoya qilgan hamda bugungi kunda 2 nafar tayanch doktorant va 4 nafar mustaqil izlanuvchi ilmiy ishlarini olib borishmoqda.Uning ilmiy rahbarligida 3 nafar falsafa doktori dissertatsiyasi himoya qilingan.

Raqamlarda

Kuzatuvchilar soni

Fanlar soni

Maqolalar soni

O`quv qo`llanmalar soni

Fanlar

Nomi Turi

Nomi Turi