O`qituvchi haqida

ISHANKULOVA GAVXAR NORKULOVNA

ISHANKULOVA GAVXAR NORKULOVNA

( Fan nomzodi, PhD - Unvonsiz )

ISHANKULOVA GAVXAR NORKULOVNA Qishloq xo`jaligi fanlari falsafa doktori, (PhD) dotsent Ishankulova Gavxar 1983 yil 18 sentabrda Samarqand viloyatida Oqtosh shaxrida dunyoga kelgan. Oliy ma’lumotli. 2004 yilda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining “Texnologiya” fakultetini tugatgan. 2007 yilda esa shu fakultetni magistraturasini tugatgan. U o‘z ish faoliyatini Qashqadaryo boshoqli don ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi ilmiy tadqiqot institutida ilmiy hodim vazifasida boshladi. U innovatsion, amaliy va xalqaro loyihalarda ish faoliyatini olib borib, faoliyati davomida ilmga bo‘lgan qiziqishi ilmiy ish boshlashga undadi. Qashqadaryo boshoqli don ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi ilmiy tadqiqot institutining Aspirantura bo‘limiga “O‘simlikshunoslik” ixtisosligi bo‘yicha o‘qishni boshladi. O‘qishi davomida G.Ishankulova ICARDA-CAC tomonidan tashkil etilgan o‘quv kurslarni muvafaqiyatli tamomladi. O‘z tadqiqotlarini olib borish bilan birga xalqaro va mahalliy anjumanlarda ilmiy natijalari bilan ishtirok etgan. Ustozi qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor Z.F.Ziyadullayev bilan birgalikda Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va bug‘doydan mo‘l va sifatli hosil olish borasida tafsiyanomalar ishlab chiqqan va chop ettirgan. Ilmiy tadqiqot institutida olib borgan faoliyati davomida institutining ishlari rejasining QXA-10-003-son “Bug‘doyning yangi navlarini janubiy zonalarda raqobatli nav sinovi” (2009-2011 yy.) mavzusidagi amaliy loyihasida loyiha raxbari bo‘lib ishladi. U pedagogik faoliyatini 2016 yildan “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasida assistent lavozimida boshlagandan buyon bir qancha ma’ruza matnlari, uslubiy ko‘rsatmalar, bitta uslubiy qo‘lanma hammualliflar bilan birga ishlab chiqdi. 40 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. “Kuzgi bug‘doy navlarining hosildorligi va texnologik sifat ko‘rsatkichlarining o‘rim muddatlariga bog‘liqligi” mavzusidagi ilmiy ishini muvafaqiyatli himoya qilib, Qishloq xo‘jaligi falsafa fanlari ilmiy darajasini olgan. Hozirgi kunda “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasida v.b dotsent lavozimida ishlab kelmoqda.

Raqamlarda

Kuzatuvchilar soni

Fanlar soni

Maqolalar soni

O`quv qo`llanmalar soni