O`qituvchi haqida

BURONOV FIRDAVSIY ESHBURIYEVICH
( Fan nomzodi, PhD - Unvonsiz )
Buronov Firdavsiy Eshburiyevich 2010-2014 yillarda Toshkent davlat pedagogika universitetining “Texnologik mashinalar va jixozlar” ta`lim yo`nalishi bo`yicha bakalavr, 2014-2016-yillarda Toshkent davlat texnika universitetining “Neft va gaz sanoati mashina va jixozlari” magistratura mutaxassisligini tamomlagan. Ma'lumoti bo'yicha mutaxassisligi muhandis-mexanik. Dissertatsiya ishini 2022-yil 26 dekabrda “Toshkent innovatsion kimyoviy texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti” huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.23/30.07.2022.K/T.150.01 raqamli Ilmiy kengashning qaroriga asosan “Etilenni bug‘ fazada katalitik oksiatsetillab, vinilatsetat olish texnologiyasini takomillashtirish” mavzusida 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi ixtisosligi (texnika fanlari) bo‘yicha himoya qilgan. F.E.Buronov 2016-2020 yillarda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Neft va gaz fakultetining “Texnologik mashinalar va jixozlar kafedrasi” assistenti. 2020-2022 yillarda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining “Texnologik mashinalar va jixozlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi. Shuningdek, 2022 yil sentyabr oyidan hozirgi vaqtga qadar Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining “Texnologik mashinalar va jixozlar” kafedrasi mudiri v.b lavozimida ishlab kelmoqda. F.E.Buronov tomonidan hozirgacha jami 56 ta ilmiy-uslubiy ishlar chop qilgan. Shundan 32 ta ilmiy maqola, 24 ta uslubiy ishlar, 6 ta maqola OAK e`tirof etgan ilmiy jurnallarda, 8 ta xorijiy jurnallarda, 3 ta respublika ilmiy jurnallarda, 15 ta respublika ilmiy-anjumanlarda maqola chop etilgan.
Raqamlarda
Kuzatuvchilar soni
Fanlar soni
Maqolalar soni
O`quv qo`llanmalar soni
Fanlar
Nomi | Turi |
---|---|
Ishonchlilik nazariyasining asoslari | Qo'shimcha ma'lumotlar |
Ishonchlilik nazariyasining asoslari | Qo'shimcha ma'lumotlar |
Ishonchlilik haqidagi asosiy ma`lumotlar. Tuzuklik. Nosozlik. Ishlash qobiliyati. | Qo'shimcha ma'lumotlar |
Ishdan chiqishlarning klassifikatsiyasi. | Qo'shimcha ma'lumotlar |
Sinovlar natijalariga ko`ra ishonchlilik ko’rsatkichlarini aniqlash | Qo'shimcha ma'lumotlar |
Neft va gazni qayta ishlash korxonalarining jihozlarini ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish | Fan bo`yicha o`quv qo`llanma |
ТМЖИ fanidan maruza matni | Fan bo`yicha uslubiy qo`llanma |
EKSPLUATATSIYA JARAYONIDA TEXNIK VOSITALARNING ISHONCHLILIGI TO’G`RISIDA AXBOROT YIG`ISH VA UNGA ISHLOV BERISH | Fan bo`yicha uslubiy ko`rsatma |
Asbob va ularni elementlarini sinash usullari | Fan bo`yicha o`quv qo`llanma |