O`qituvchi haqida

BEGIMQULOV FAYZILLA ERGASHOVICH
( Fan nomzodi, PhD - Dotsent )
Begimqulov Fayzulla Ergashovich 1953-yili Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida ishchi oilasida tug`ilgan. 1971-1976-yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash injenerlari institutining “Qishloq xo`jaligini mexanizatsiytalash” fakultetini tamomlagan. 1976-yildan boshlab Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash injenerlari institutining Qarshi filialiga assistant lavozimida ishlagan. 1978-1981-yillarda Volgagrad qishloq xo`jaligi institutida aspiranturani o`qigan va 1986 yilda texnika fanlari nomzodligini himoya qilgan. 1981-1999-yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash injenerlari institutining Qarshi filialida assistant, katta o`qituvchi, dotsent, kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat ko`rsatib kelgan. 1992-2018-yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash injenerlari institutining Qarshi filiali mustaqil Qarshi agrar-iqtisodiyot instituti keyinchalik Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutiga kafedra mudiri, dotsent lavozimlarida ishlagan. 2018-yildan hozirgi kungacha Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining “Qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalashtirish va servis” kafedrasida dotsent lavozimida ishlab kelmoqda. Begimqulov Fayzulla Ergashovichning hozirga qadar 40 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlari mavjud.
Raqamlarda
Kuzatuvchilar soni
Fanlar soni
Maqolalar soni
O`quv qo`llanmalar soni