O`qituvchi haqida

MIRZAYEV ERGASH SAFAROVICH

MIRZAYEV ERGASH SAFAROVICH

( Darajasiz - Dotsent )

Mirzayev Ergash Safarovich – Qarshi Muhandislik iqtisodiyot institutining “Neft va gaz” fakultetidа dotsent vazifasida ishlaydi.1985 yilda A.R.Beruniy nomidagi Toshkent Politexnika institutining “Geologiya-qidiruv fakulteti”ni tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1985-yilda “O’zbekneftgazgeologiya” birlashmasiga qarashli “Hisoroldi neft-gaz qidiruv ekspeditsiyasi”da burg’ulovchi yordamchisi vazifasidan boshlagan. Keyinchalik burg’ilovchi, usta, uchastka boshlig’i va bosh muhandis lavozimlarida ishlagan. E.S. Mirzayev pedagogik faoliyatini 1998-yilda Qarshi Sanoat kollejining “Neft-gaz” bo’limi boshlig’i vazifasidan boshlagan. 1999-yilda Respublika “Ustoz” jamg’armasida, keyinchalik 2004-yilda Osiyo Taraqqiyot Banki va O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligi granti asosida Avstraliyaning Melburn shahridagi “Viktoriya” Universitetida ushbu soha bo’yicha malaka oshirgan. 2008-yildan buyon Qarshi Muhandislik iqtyisodiyot institutida faoliyat olib bormoqda. Shu paytgacha 10 ta xo’jalik shartnomasi, 8 ta darslik, 3 ta o’quv qo’llanma, 1 ta monografiya, 10 ta uslubiy ko’rsatma va 30 ga yaqin maqolalarga mualliflik qilgan. Hozirgi paytda “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasida dotsent lavozimida ishlab ”Neft va gaz quduqlarini ta’mirlash texnologiyalari va jihozlari” hamda “Neft va gaz quduqlarini burg’ulash texnologiyasi va texnikasi” fanidan dars berib kelmoqda.

Raqamlarda

Kuzatuvchilar soni

Fanlar soni

Maqolalar soni

O`quv qo`llanmalar soni

Fanlar