O`qituvchi haqida

MURTAZAYEV ESHMUROD MUSTAFOYEVICH
( Fan nomzodi, PhD - Dotsent )
Murtazayev Eshmurod Mustafayevich 1970 yil 14 aprelda Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida tug‘ilgan 1988 yilda Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanidagi 29-о‘rta xunar texnika bilim yurtini a’lo baholarda tamomlagan 1993 yillar Namangan Sanoat Texnоlogiya institutining (kunduzgi) Sanoat va fuqora qurilish injener-pedagog (Kasbiy ta’lim, maxsus va texnik fanlar) mutaxassiligini tamomlagan. 2020 yildan buyon pedagogika fanlari bо‘yicha falsafa doktori. Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti huzuridagi DSc.27.06.2017.Ped.48.01 raqamli ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashning qaroriga asosan “О‘quvchilarda quruvchi kasbiga oid kompetensiyalarini shakllantirishning didaktik ta’minotini takomillashtirish” mavzusida 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bо‘yicha himoya qilgan. Pedagogik ish staji -29yil. Ilmiy izlanishlar natijasida 2 ta о‘quv qо‘llanma, 3 ta elektron о‘quv qо‘llanma, 5 ta uslubiy qо‘llanma, 13 ta ilmiy jо‘rnallarda maqola, 10 ta xorijiy jо‘rnallarda maqola, Respublika hamda halqaro miqyosidagi ilmiy anjumanlarda 26 dan ortiq turli mavzudagi maqola va tezislar chop ettirgan. U 2011 yilda Qarshi muhandislik iqtisodiyot umumtexnika fanlari kafedrasida katta о‘qituvchisi lavozimida ishlagan. E.M.Murtazayev2020 yil qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektorining buyrug‘iga asosan umumtexnika fanlari kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelmoqda. Mehnat faoliyati davomida talabalarga “Mexanika”, “Qurilishmexanikasi ”, “Materiallar qarshiligi” fanlaridan dars berib, ularning kelgusida yetuk mutaxassislar bо‘lib yetishiga о‘z hissasini qо‘shmoqda.
Raqamlarda
Kuzatuvchilar soni
Fanlar soni
Maqolalar soni
O`quv qo`llanmalar soni